Barrel (ing . agge1, asosiy maʼnosi — bochka) — ingliz oʻlchovlar tizimidan foydalaniladigan AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda qoʻllanadigan sigʻim va hajm oʻlchovi. AQSH da quruq B. (115,628 dm3) va neft B. (158, 988 dm3) qoʻllanadi. Buyuk Britaniyada sochiluvchan modda uchun qoʻllanadigan B. 163,65 dm3ga teng .