Barzilay
Barzilay (ivritcha: מרכז רפואי ברזילי) – Ashkelondagi tibbiyot majmuasi. Muassasaning Ashkelon, Ashdod, Sderot, Kiryat-Gat, Kiryat-Malaki va boshqa shaharlarda boʻlimlari joylashgan. Ushbu hududlarda jami 617 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Kasalxonaning xar bir boʻlimi besh yuz nafargacha bemorni qabul qila oladi.
Barzilay shifoxonasi | |
---|---|
Joylashuv | Isroil Ashkelon |
Ochilish sanasi | 1961-yil |
Xarita | |
Koordinatalari | 31°39′45.18″N 34°33′37.88″E / 31.6625500°N 34.5605222°E |
1961-yilda muassasa 1950-yillarda Isroilning janubiy okrugida oshgan aholi sonini qamrab olish maqsadida ochilgan.
Kompleks rejasi David Anatol Bruccus tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilish Janubiy Afrika sionistik federatsiyasi, Ashkelon munitsipaliteti va Mifal HaPais koʻmagida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan. Shifoxona 1961-yil 20-iyulda ochilgan boʻlib, dastlab bolalar boʻlimi, tugʻruqxonadan iborat boʻlgan. Askarlar uchun maxsus 15 oʻrin ajratilgan. Faoliyatning dastlabki besh yilida oʻrinlar soni 150 taga yetkazilgan, jarrohlik boʻlimlari qoʻshilgan. 1966-yilda shifoxona hududida kichik tibbiyot xodimlari maktabi ochilgan. 1971-yil 20-martda majmuaga Israel Barzilay nomi berilgan.
Arab ozodlik harakatlari boshlangan 2000-yildan buyon muassasa yaradorlar, terrorchilik harakatlari qurbonlari va boshqa aholi teraktga uchraganlarni qabul qilinadigan asosiy nuqtaga aylangani bilan mashhur[1].
Majmua hududida Janubiy Osiyodan shia ziyoratchilar tashrif buyuradigan musulmonlar ziyoratgohi ham mavjud[2]. 1990-yillarda, qochoqlarning navbatdagi toʻlqinidan soʻng, hukumat boshqa bino qurishga qaror qilgan. Majmuaning yangi ochilgan binosi 4 qavatli boʻlib, asosan bolalar boʻlimlaridan iborat. Jarrohlik boʻlimida 10 ta jarrohlik amaliyoti uchun xonalar mavjud .
2000-yillda qoʻshimcha bino qurilishi diniy jamoaning noroziligiga sabab boʻlgan. Natijada, qoʻshimcha bino asosiy binodan 300 metr uzoqlikda qurilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ https://hospitals-israel.com/clinics/bolnitsa-barzilaj/
- ↑ „ראשו של נכד הנביא מוחמד קבור באשקלון — וואלה! חדשות“. 2008-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.