Baxtiyor Komilov
Baxtiyor Sultanovich Komilov (1950-yil 21-avgust, Qibray tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi, professor.
Baxtiyor Komilov | |
---|---|
Tavalludi |
21-avgust 1950-yil Qibray tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | qishloq xoʻjaligi fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biogafiyasi
tahrirBaxtiyor Komilov 1950-yil 21-avgust Qibray tumanida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1972-yilda Toshkent davlat universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetini tuproqshunos-agroximik ixtisosligi boʻyicha tamomlagan. 1974-yilda harbiy xizmatni oʻtagandan keyin Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutida „Tuproqlar va oʻsimliklar suv rejimi“ laboratoriyasida ilmiy faoliyatini boshlagan. Mazkur institutda laborant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, ilmiy kotib, laboratoriya mudiri lavozimida ishlagan[1]. 1975—1988-yillarda Markaziy Fargʻona yerlarini oʻzlashtirish, unumdorligini saqlash, agromeliorativ holatini yaxshilash, gʻoʻza va unga izdosh ekrinlarni hosildorligini oshirish maqsadida akademik Q.Mirzajonov rahbarligida tashkil etilgan ekspeditsiyada ilmiy xodim boʻlib dala ilmiy tajribalarini olib borgan. Akademik Qirgʻizboy Mirzajonov ilmiy rahbarligida „Melioratsiya va sugʻorma dehqonchilik“ ixtisosligi boʻyicha qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan (1987). Baxtiyor Komilovga katta ilmiy xodim (1992) hamda professor (2023) ilmiy unvoni berilgan[1]. Hozirda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti professori.
Ilmiy faoliyati
tahrirOlimning ilmiy faoliyati respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida gʻoʻza, gʻalla va takroriy ekinlarni parvarishlash texnologiyasi, tuproqlarning morfologiyasi, agrofizikaviy, suvfizikaviy, agrokimyoviy xossalari, meliorativ xolati, ularni yaxshilash, oʻsimlikni suv bilan samarali taʼminlash yoʻllari, sugʻorishning maqbul muddatlari, meʼyorlari, sugʻorish texnikasi elementlarini baholash va boshqa shu kabi bir qator agrotexnologik jarayonlarni oʻrganish hamda ishlab chiqarishga asoslangan[1]. 150 dan ziyod ilmiy ishlari, shu jumladan 2 ta monografiya, 2 ta darslik, 2 ta oʻquv qoʻllanma muallifi[1].