Baxtiyor Mahkamov

oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Baxtiyor Shuxratovich Maxkamov (1985-yil 17-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori (2016), professor (2020).

Baxtiyor Shuxratovich Maxkamov
Tavalludi 17-aprel 1985-yil (1985-04-17) (39 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi iqtisodchi
Sohasi menejment
Taʼlimi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Ilmiy darajasi iqtisodiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari “KOOKMIN” universiteti “Faxriy professori”, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti “Faxriy professori”, Oxford Awards Club tomonidan “King’s Award for Excellence 2024”ning “Texnologik tadqiqotlar va ishlanmalar" yo‘nalishi g'olibi.
Turmush oʻrtogʻi Maxkamova Komola Toxir qizi

Biografiyasi

tahrir

Baxtiyor Maxkamov 1985-yil 17-aprel Toshkentda ziyoli oilasida tugʻilgan[1]. 1992—2002-yilllarda Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 9-sonli oʻrta maktabda oʻqigan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetining "Moliyaviy menejment" yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tamomlagan, 2008-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining menejment (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) yoʻnalishi boʻyicha magistraturani tamomlagan[2].

2007—2013-yillarda „Uzdunrobita“ qoʻshma korxonasi marketing boʻlimi, marketing tadqiqotlari boʻlimi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi;

2013—2014-yillarda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filialida „Mehnat iqtisodiyoti va boshqaruvi“ kafedrasi oʻqituvchisi[3];

2014—yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi „Marketing, investitsiyalar va taʼlim iqtisodiyoti“ boʻlimi bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi;

2014—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi;

2015—2020 yillarda Elektromagnit moslashuv markazining 1-toifali muhandisi, markazning „Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish boʻlimi“ boshligʻi[1];

2020—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining „Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish“ boʻlimi boshligʻi, radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining kotibi[4];

2021-yilda Elektromagnit moslashuv markazi boshligʻining birinchi oʻrinbosari[3] lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

2021-yil 15-iyundan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rektori[5][6].

Oilasi

tahrir

Oilali. 3 nafar oʻgʻli bor[5]. Turmush oʻrtogʻi - Maxkamova Komola Toxir qizi.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Baxtiyor Mahkamov 2016-yilda iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini, 2019-yilda dotsent, 2020-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 5 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 1 ta darslik, 70 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1][3].

2024 yili 23 feval kuni G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shaxridagi filiali kengashi qarori bilan “Faxriy professori” [7]unvoni hamda 18 aprel kuni Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lgan “KOOKMIN” universiteti tomonidan “Faxriy professori” unvoni bilan taqdirlangan[8] .  

Buyuk Britaniyaning London Qirollik Kollejida bo‘lib o‘tgan, Oksford mukofotlari klubi (Oxford Awards Club) tomonidan tashkillashtirilgan “King’s Award for Excellence 2024”ning “Texnologik tadqiqotlar va ishlanmalar"  yo‘nalishida g‘olib bo‘lib va diplom bilan taqdirlangan. [9]

Manbalar

tahrir