Baxtiyor Rasulov

oʻzbekistonlik olim, tarix fanlari doktori (DSc), professor

Baxtiyor Maxmudjonovich Rasulov (1966-yil 4-yanvar, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, tarix fanlari doktori (DSc), professor.

Baxtiyor Rasulov
Tavalludi 4-yanvar 1966-yil (1966-01-04) (58 yosh)
Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi tarix fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Baxtiyor Rasulov 1966-yil 4-yanvarda Andijon shahrida tavallud topgan[1]. 1990-yilda Toshkent davlat universitetini tarix mutaxassisligi, 2001-yilda Namangan davlat universitetini huquqshunos-pedagog taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1988-yilda A. P. Xlebushkina nomli 22-bolalar uyida bolalar bosh yetakchisi vazifasidan boshlagan. 1990—2021-yillarda Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi ilmiy xodimi, Andijon davlat pedagogika instituti laboranti, Andijon davlat universiteti aspiranti, katta oʻqituvchisi, dekani oʻrinbosari, kafedra mudiri, doktoranti, boʻlim boshligʻi, fakultet dekani, Andijon davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yil 15-iyundan Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti direktori[2][3].

Ilmiy faoliyati

tahrir

80 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, shu jumladan, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta darslik, 3 ta monografiya, 3 tomlik (Oʻrta Osiyo qishloqlari tarixiga oid) hujjat va materiallar toʻplami muallifi[1]. „Oʻzbekistondagi musulmon maktab va madrasalari tarixidan (XIX asr oxiri — XX asrning 20-yillari)“ mavzusida nomzodlik va „Oʻzbekistonda kollektivlashtirish jarayonidagi siyosiy qatagʻonlar va surgun qilingan dehqonlar ahvoli (1929-1959-yy.)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. „Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi“, „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi“, „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet. 
  2. „Andijon davlat universitetining Pedagogika institutiga direktor tayinlandi“ (2021-yil 16-iyun). 2023-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-avgust.
  3. „Andijondagi oliygohga rahbar tayinlandi“ (2021-yil 16-iyun).

Havolalar

tahrir