Baxtiyoriy qabilasi
Baxtiyoriy qabilasi — Eronning Chahormahol va Baxtiyoriy ustonida istiqomat qiluvchi qabila. Baxtiyoriy qabilasining kelib chiqishi islom dini kelishidan oldingi davrga borib taqaladi. Ularning koʻchmanchi hayoti diqqaatga sazovor jihatlaridan sanaladi. Chahormahol va Baxtiyoriy mintaqalarining togʻ yon bagʻirlari yoz faslida ob-havosi qulay va munosib iqlimga ega. Shu sababli tabiiy iqlimi baxtiyoriy qabilalari uchun yaxshi mintaqa hisoblanadi. Qish faslida esa ular ustonning togʻli hududida yashaydilar. Ushbu qabila Chahormahol va Baxtiyoriy ustonining asosiy qabilasi boʻlib, ular pors urugʻidan tarqalgan. Ular miloddan avvalgi VI va VII asrlarda Baxtiyoriy togʻlarining etaklarida va Koʻrvan daryosining ikki tarafidan boshlab ustonning bugungi kundagi Chahormahol va Baxtiyoriy yayloqlarigacha boʻlgan joylarda yashaganlar[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron boʻylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 255 bet. ISBN 978-600-9675-31-3