Baynalmilal jangchilar yodgorligi Moskva
Baynalmilal askarlar yodgorligi — Moskva Gʻalaba bogʻidagi Poklonnaya tepaligida baynalmilal harbiylar xotirasiga oʻrnatilgan haykal.
Tarixi
tahrirBaynalmilalchilar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik Afgʻoniston urushi faxriylari tashkilotlarining xayriya mablagʻlari, baynalmilal askarlarning shaxsiy moddiy hissalari, shahar hokimiyati koʻmagida barpo etilgan. Yodgorlik mualliflari haykaltaroshlar S. A. Shcherbakov va S. S. Shcherbakov, meʼmorlar Yu. P. Grigoryev va S. Grigoryevlardir.
4 metr balandlikdagi bronzadan quyilgan haykal — chap qoʻlida dubulgʻa va oʻng qoʻlida avtomat qurol ushlagan, harbiy kamuflyaj kiyimidagi yosh sovet askarini aks ettiradi. Askar qoyaga yaqinlashib, uzoqlarga qaragan holda tasvirlangan. Qizil granitdan yasalgan tagkursi ustida jangchi siymosi joylashgan. Piyodaga jang sahnasi tasvirlangan bronza barelyef oʻrnatilgan.
Yodgorlikning ochilishi 2004-yil 27-dekabrda boʻlib oʻtgan va Sovet qoʻshinlarining Afgʻonistonga kiritilishining 25-yilligiga toʻgʻri kelgan. Yodgorlikning ochilish marosimida afgʻon faxriylari, Amin saroyiga bostirib kirgan maxsus kuchlar, faxriylar tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Havolalar
tahrir- „Памятник воинам-интернационалистам“ (ru). Московский туристический портал. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-mart.
- „В Москве открыт памятник воинам-интернационалистам“ (ru). РИА Новости (2004-yil 27-dekabr). 2017-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-mart.
- „В Москве на Поклонной горе открыт памятник воинам-интернационалистам“ (ru). Первый канал (2004-yil 27-dekabr). 2015-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-mart.