Baynalmilal koʻchasi — Chilonzor tumanida, Bobur koʻchasi va Oqtepa maydoni oraligʻida, Oqtepa kanali sohilida joylashgan.

Baynalmilal koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Chilonzor
Uzunligi 3,1 km
Avvalgi nomlari Vladimir koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Internatsionl
Koʻchada joylashgan binolar Oʻzbekiston milliy bogʻi, „Uzgazoyl“ AYOQSh, 22-mehribonlik uyi, maktab, Toshkent avtomobil va yoʻllar kolleji joylashgan. Koʻcha yaqinida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, „Milliy bogʻ“ metro bekati

Tarixi tahrir

1945 -yilda Yettiterak koʻchasi oʻrniga qurilgan. 2-jahon urushida fashistlar Gretsiyani bosib olgandan soʻng ularga internatsional yordam koʻrsatilib, muayyan grek aholisi Toshkentga koʻchirilgan va xozirgi „Charxkamolon-2“ mahallasida maxsus uylar qurib joylashtirilgan. Ular yashaydigan joy norasmiy „Greklar shaharchasi“ deb atalgan (1970-yillarda ular oʻz vatanlariga qaytishgan). Ushbu koʻcha Internatsional (baynalmilal) sharafiga shunday atalgan. Koʻchaning bosh qismi ilgari qoʻshxona, koʻn zavodi bilan hozirgi Oʻzbekiston milliy bogʻi oʻrtasidan oʻtib, Olmazor koʻchasiga chiqgan. Mustaqillik davrida milliy bogʻ hududi kengaytirilib Boʻzsuvga tutashdi. Baynalmilal koʻchasi bosh qismi ham oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, Boʻzsuvning oʻng sohili boʻylab ketdi. Koʻchaning bu qismi 2005 — yilgacha rekonstruksiya qilindi. Koʻchaning uzunligi 3,1 km.

Binolar tahrir

Baynalmilal koʻchasining Oqtepa kanalidan oʻtgan qismida koʻprik, aynan shu joyda Bunyodkor shoxkoʻchasi boʻylab yoʻloʻtkazgich qurilgan. Baynalmilal koʻchasi endi koʻprikdan boshlanib Oqtepa kanalining chap sohili boʻylab boradi. Koʻchaning chap tarafida „Charxkamolon-2“ va „Charxkamolon-3“ mahallalari aholisining shaxsiy uylari qurilgan. Kanal sohili obod va salqin boʻlganligi uchun oʻziga xos sayilgohga aylangan. Kanalning oʻng sohili (Qozirabot 2-tor koʻchasi)da Oliy harbiy bojxona binosi qurilishi munosabati bilan 2002- yil may oyida Baynalmilal koʻchasidan unga oʻtadigan koʻprik qurildi. Koʻcha yoʻnalishida Oʻzbekiston milliy bogʻi, „Uzgazoyl“ AYOQSh, 22-mehribonlik uyi, maktab, Toshkent avtomobil va yoʻllar kolleji joylashgan. Koʻcha yaqinida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, „Milliy bogʻ“ metro bekati bor[1].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.