Baytul Mukarram milliy masjidi
Baytul Mukarram, shuningdek, Baytul Mukarrom (arabcha: بيت المكرّم) deb ham yoziladi, bengalcha: বায়তুল মোকাররম ; lit. Muqaddas uy), Bangladesh milliy masjidi. Bangladesh poytaxti Dakka markazida joylashgan masjid. 1968-yilda qurib bitkazilgan[1]. 42 000+ sigʻimga ega[2].
Arxitekturasi
tahrirMasjid bir qancha zamonaviy arxitektura xususiyatlariga ega. Shu bilan birga Hindiston subkontinentida bir muncha vaqt hukmron boʻlgan Boburiy arxitekturasining anʼanaviy tamoyillarini ham saqlagan. Baytul Mukarram katta kub shaklida Makkadagi Kaʼbaga[3] oʻxshatib qurilgan boʻlib, Bangladeshdagi boshqa masjidlardan farqli oʻlaroq koʻzga tashlanadigan inshoot.
Tashqi dizayni
tahrirMasjid juda baland tepalikda joylashgan. Baytul Mukarram milliy masjidi binosi sakkiz qavatli va yer sathidan 99 fut balandlikda joylashgan. Dastlabki rejaga koʻra, masjidning asosiy kirish eshigi sharqiy tomondan boʻlishi kerak edi. Sharqdagi „shaan“ 29 000 kvadrat futni tashkil etadi, janubiy va shimoliy qismlarida tahorat uchun joy mavjud. Baytul Mukarram qurilishi boshlanganda tahorat joyi muhim qism boʻlgan. Asosiy binoda gumbazning yoʻqligi shimol va janubdagi ikkita yuzaki gumbazli kirish ayvonlari bilan qoplanadi.
Ichki dizayni
tahrirIkkita hovli (tomsiz ichki hovli) Baytul Mukarram milliy masjidi namozxonasiga yetarlicha yorugʻlik va havo kirishini taʼminlaydi. Zalning ibodat joyi yarim doira emas, toʻrtburchaklar shaklida qilingan. Butun masjidda ortiqcha bezaklar qoʻllanmagan. Chunki bezakni minimallashtirish zamonaviy arxitekturaga xosdir.
Bogʻ
tahrirBogʻ Boburiy bogʻlari uslubida qurilgan, ammo Islom jannatini ifodalovchi anʼanaviy Boburiy bogʻlaridan farqli oʻlaroq, bogʻda chorbogʻ tizimi yoʻq. Chunki bunday bogʻ uchun joy yetarli emas. Bu bogʻning kelajagi nomaʼlum. Agar Bangladesh hukumati masjidni kengaytirsa, katta ehtimol bilan bogʻni buzib tashlashga toʻgʻri keladi.
Tarix
tahrirMasjid majmuasini arxitektor Abdulhusayn M.Tarianiy loyihalashtirgan[3]. 1959-yilda oʻsha paytdagi Bawany Jute Mills egasi Hoji Abdul Latif Bavani Sharqiy Pokistonning oʻsha paytdagi harbiy maʼmuri general-mayor Omrao Xonga Dakkada ulugʻvor masjid qurishni taklif qilgan. Omrao Xon bunday masjidni qurishda yordam berishga rozi boʻladi. Oʻsha yili „Baytul Mukarram masjidi qoʻmitasi“ tashkil etildi va yangi Dakka va eski Dakka oʻrtasida 8,30 akr yer ajratiladi[4].
Rejaga majmua ichidagi doʻkonlar, idoralar, kutubxonalar va avtoturargohlar kiritiladi. Musulmonlar uchun gumbazli masjid anʼanasi mavjud boʻlsa-da, bu bino oʻsha davrda anʼanaviy masjid shaklini saqlab qolmagan. Asosiy namozxonning tomida gumbazsiz masjid oʻziga xos tajriba boʻlsa kerak. Masjid mamlakat Pokiston Islom Respublikasi tarkibiga kirgan davrda qurilgan.
2008-yilda masjid Saudiya hukumati xayriyasi hisobidan kengaytirilgan[5].
Xatiblar
tahrirTartib raqami | Ismi | Izoh |
1 | Mavlono Abdurrahmon Qashgʻariy (1912–1971) | 1963-yildan 1971-yilgacha Baytul Mukarram masjidning birinchi xatibi boʻlgan. Islom olimi ham edi. Shuningdek, „Anjum Mofidul Islom“ning asoschilaridan biri edi. Bir necha islomiy kitoblar yozgan. |
2 | Muftiy Amimul Ehasan (1911–1974) | 200 dan ortiq kitoblar muallifi boʻlib, ulardan „Fiqhus-sunan val Athar“, „Qavoidul-fiqh“, „Fatvoi Barkatiy“ va „Milad Qiom Ozifa“ kabilar mashhur. Bangladesh uchun kunlik Islom ibodat jadvalini ham tayyorlagan. 1974-yil, vafotiga qadar xizmat qilgan. |
3 | Abdul Muiz (1919–1984) | |
4 | Ubaydul Haq (1928–2007) | Masjidning eng uzoq vaqt xizmat qilgan xatibi. 2007-yil, vafotiga qadar xizmat qilgan[6]. |
5 | Muhammad Nurruddin (1954–2009) | Xatib vazifasini bajaruvchi |
6 | Muhammad Salohiddin (1944–2022) | |
Ruhul Amin |
Galereya
tahrir-
Asosiy kirish qismi va minorasi
-
Masjidning yangi kengaytirilgan qismi
-
Ichki qism
Yana qarang
tahrir- Bangladesh Islom jamgʻarmasi
- Islom tarixining xronologiyasi
- Islom arxitekturasi
- Islom sanʼati
- Masjidlar roʻyxati
- Bangladeshdagi Islom
- Bangladesh arxitekturasi
- Haqqoniy Anjuman
Manbalar
tahrir- ↑ Thariani and Co: Architects and Engineers. Booklet in section under projects completed „mosques“.
- ↑ Tan, Tai Yong. The Aftermath of Partition in South Asia. Routledge, 2000 — 170-bet. ISBN 978-0-415-17297-4. „... the Al-Baitul Mukarram, the largest mosque in East Pakistan, which could accommodate 42,000+ devotees for congregational worship.“
- ↑ 3,0 3,1 Khan, Hasan-Uddin (1990). "The Mosque". Expressions of Islam in Buildings. Proceedings of an international seminar sponsored by the Aga Khan Award for Architecture and the Indonesian Institute of Architects, held in Jakarta and Yogyakarta, Indonesia, 15–19 October 1990. Geneva: Aga Khan Trust for Culture. p. 119. ISBN 978-2-88207-006-7. "It takes the historical model of the Kaaba in Mecca as its formal reference. Architect: A.H. Thariani"
- ↑ „AmaderShomoy.Com (আমাদের সময়.কম) Amader Shomoy“. Amader Shomoy. 2018-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-iyul.
- ↑ „Saudi donation for extension work of Baitul Mukarram National Mosque“. The Daily Star (2008-yil 21-oktyabr).
- ↑ „Khatib Obaidul Haq passes away“. The Daily Star (2007-yil 8-oktyabr).
Havolalar
tahrirVikiomborda Baytul Mukarram milliy masjidi haqida turkum mavjud |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |