Bedriye Tohir Gokmen turkiyalik uchuvchi ayol, u uchuvchilik litsenziyasi olgan birinchi turk ayol uchuvchisi boʻlgan[1].

Bedriye Tahir turkiyalik birinchi uchuvchi ayol.

Hayoti tahrir

Bedriye Tohir dastlkab „Vecihi Hurkush“ nomli xususiy uchish maktabida tahsil olgan va 1933-yilda uchuvchilik litsenziyasini qoʻlga kiritgan[1]. Biroq, ish beruvchisi uning uchuvchi sifatida ishlashini hohlamaydi va jazo sifatida uning maoshini kamaytirdi. Shunga qaramay, u 1934-yilda parvoz maktabini tamomlaydi va litsenziyasini tasdiqlash uchun Turkiya Harbiy havo kuchlariga murojaat qiladi. Turkiya havo kuchlari maktabga uchuvchilarning mahoratini tekshirish maqsadida guruh yuboradi, ammo, maktabda Bedriye Tohir oʻz mahoratini namoyish etishi uchun foydalana oladigan samolyot yoʻq edi. Uchuvchilarning mahoratini tekshiruvchi guruh qaytib kelmadi va maktab oʻsha yilning oxiriga kelib yopildi.

Turkiyalik parashyutchi Abdurrahmon Turkkuşu Berdiye Tohirga „Gokmen Baji“ („Moviy osmonning singlisi“) deb nom bergan. Turkiyada 1934-yilda turk familiyasi qonuni kiritilgan va shundan soʻng Bedriye Tohir Gokmen familiyasini olgan.[2]

See also tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Bedriye Tahir Gökmen - Turkey - Women Of Aviation's History“ (en-US) (2015-yil 24-iyul). Qaraldi: 2016-yil 26-dekabr.
  2. Aksu, İbrahim. The Story of Turkish Surnames: An Onomastic Study of Turkish Family Names, Their Origins, and Related Matters, Volume 1. Olay Gazete Press, 2006 — 29 bet.