Behzod Sirojidinov
Behzod Arabdjonovich Sirojidinov (1985-yil 20-sentyabr, Oltinkoʻl tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, biologiya fanlari doktori, professor.
Behzod Sirojidinov | |
---|---|
Tavalludi |
20-sentyabr 1985-yil Oltinkoʻl tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Andijon davlat pedagogika |
Taʼlimi | Andijon davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | biologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirBehzod Sirojidinov 1985-yil 20-sentyabrda Oltinkoʻl tumani Jalabek qishlogʻida tugʻilgan. 2003-yilda Andijon davlat universiteti biologiya fakultetiga oʻqishga qabul qilinib, 2008-yilda tamomladi[1]. 2004—2009-yillarda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boʻlimi oʻt oʻchiruvchisi, 2009—2010-yillarda Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika kafedrasida laborant, 2011—2012-yillarda Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika kafedrasida assistent, 2012—2013-yillarda Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi, 2013—2014-yillarda Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika kafedrasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi, 2015—2016-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti Gʻoʻza sistematikasi va introduksiyasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Gʻoʻza genofondi“ noyob obyekti mudiri, 2019—2020-yillarda Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti ilmiy ishlar va innovatsiya boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimida ishlagan, 2022-yildan Andijon davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirBehzod Sirojidinov 2013—2016-yillarga moʻljallangan FA-F5-T024 raqamli „Gossypium L. turkumining polimorf turlarining turichi va turlararo bioxilma-xilliklarining filogenetik qarindoshlik darajasi“ va 2017—2020-yillarga moʻljallangan TA-FA-F-5-015 „G.mustelinum Miers ex Watt. turining Karpas Raf. kenja turkumi vakillari bilan filogenetik munosabatlari va uning genetik potensialidan navlarning kommersiyaviy koʻrsatkichlarini yaxshilashda foydalanish“ mavzusidagi fundamental tadqiqotlar loyihalarida ishtirok etgan. 2020-yildan buyon biologiya fanlari doktori (DSc). Falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasini 2017-yil 31-oktyabrda „Avstraliya va Hindi-Xitoy gʻoʻza turlarining filogenetik munosabatlari“ mavzusida himoya qilgan[1]. Fan doktorlik (DSc) dissertatsiyasini 2020-yil 6-noyabrda Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida „Gʻoʻza navlarining genotiplarini boyitishda turli genomli turlardan foydalanish“ mavzusida himoya qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarorining16-bandiga muvofiq oʻqish muddati tamom boʻlishidan 2-yil oldin fan doktorlik (DSc) dissertatsiya ishimni muvaffaqiyatli himoya qilganligi munosabati bilan 112 000 000 soʻm bilan taqdirlangan[2]. 2020-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan[2]. 80 dan ortiqilmiy ishlar, shulardan 1 ta xorijiy monografiya, 3 ta monografiya, 1 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta uslubiy qoʻllanma, 1 ta ixtiro patenti, 1 ta guvohnoma, 80 yaqin ilmiy maqolalar muallifi[1]. Behzod Sirojidinov tomonidan koʻp yillik olib borilgan tadqiqotlarning amaliy ahamiyati asosida bir-biridan uzoq boʻlgan gʻoʻza turlarini turlararo duragaylash va eksperimental poliploidiya uslublari asosida olingan noyob introgressiv duragay rekombinantlar, oilalar va tizmalar yaratilgan. Bugungi kunda navdorlik belgilari boʻyicha barqaror ekanligi qayd etilgan „Gʻalaba“ navi muallifi hisoblanadi[2].