Bekzod Mahamadjonovich Abdurahmonov (1990-yil 15-martda) – oʻzbek erkin kurashchisi, 2014-2018-yillarda Osiyo oʻyinlari ikki karra chempioni, ikki karra Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori, 2016-yil Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi sanaladi hamda Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori. Keyinchalik sport sohasidagi yutugʻi tufayli Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi[1] va „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Bekzod Mahamadjonovich Abdurahmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 15-mart 1990-yil (1990-03-15) (34 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport erkin kurashchisi
Medallar
Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Bronza Tokio 2020 74 kg
Jahon chempionati
Bronza Toshkent 2014 70 kg
Bronza Budapesht 2018 74 kg
Yozgi Osiyo oʻyinlari
Oltin Inchxon 2014 70 kg
Oltin Jakarta 2018 74 kg
Osiyo chempionati
Oltin Doʻha 2015 70 kg
Oltin Nyu Deli 2017 70 kg

Tarjimai hol

tahrir

U 1990-yil Toshkentda tugʻilgan. 2012-2013- yillarda xalqaro New-York Atletic janglarida 4-oʻrinni egallagan. 2014-yilda u Deyv Shuls xotirasiga bagʻishlangan turnirning kumush medali[2] va Osiyo oʻyinlari chempioni, shuningdek, jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. 2015-yil Bokudagi Oltin Gran-pri finalida gʻalaba qozondi[3].

2016-yilda u tailandlik Padipat Vantavong, latviyalik Albert Yurchenko, avstriyalik Amirxon Visalimov, qirgʻizistonlik Sayakbay Usupov va ispaniyalik Taymuraz Friyevni magʻlubiyatga uchratib, Rio-de-Janeyro Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[4]. Ammo 1/8 finalda rossiyalik Aniuar Geduyevga, uchinchi oʻrin uchun kurashda ozarbayjonlik Jabroil Gasanovga yutqazib, finalga chiqa olmadi.

2018-yil Budapeshtda oʻtkazilgan erkin kurash boʻyicha jahon chempionatida Abdurahmonov ikkinchi bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Unvon va mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir