Bekzod Aripov

oʻzbekistonlik futbolchi

Bekzod Kamolovich Aripov (19.6.1989, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi, sobiq futbolchi.

Bekzod Aripov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 19-iyun 1989-yil (1989-06-19) (34 yosh)
Tavallud joyi Toshkent
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
Bunyodkor
Paxtakor
Chigʻatoy
Bunyodkor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya tahrir

Bekzod Aripov 1989-yil 19-iyun kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 7 yoshdan futbol maktabiga borgan.

2013-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Toshkent shahrining „Chigʻatoy“ futbol klubi asosiy tarkibida faoliyatini boshlagan. „Paxtakor“ va „Bunyodkor“ yoshlar jamoalari tarkibida toʻp surgan[1].

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarni oʻtkazish boʻlimida ishlagan[2]

2019-yilning 2-may kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hakamlar va nazoratchilar departamenti direktori etib tayinlandi[3][4].

Manbalar tahrir