Belbogʻli kurash
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Belbogʻli kurash — Bu Oʻzbek milliy sport turlaridan biri boʻlib asosan Oʻrta osiyoda ommabop sanaladi. Belbogʻli kurashning koʻp javhalari oʻzbek xalq milliy kurashiga oʻxshab ketadi, lekin bu sport turida sportchilar asosan belbogʻ orqali kurashadilar. Asosan bu sport turi ikki kishi oʻrtasida amalga oshiriladi. Belbogʻli kurashning asosiy kiyimlariga kurashish uchun yaktak va belbogʻ kiradi.
Tarixi
Belbogʻli kurash juda qadiymiy sport turlaridan biridir u milloddan avvalgi 2-3 asrlarda paydo boʻlgan va u hozirgacha rivojlanib keladi, hozirgi kunda u asosan Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona vodiysida jivojlangan. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda koʻpgina musobaqalar oʻtkaziladi masalan: Oʻzbekiston chempionati, Vodiy kubogi va boshqalar bular Oʻzbekiston Belbogʻli kurash federatsiyasi qoʻl ostida oʻtkaziladi.