Believe women (ayollarga ishoning)
„Believe women“ (ayollarga ishoning) — bu #MeToo harakati tomonidan ishlab chiqilgan Amerika siyosiy shiori[1]. Bu shior ayollarning jinsiy zoʻravonlik yoki jinsiy zoʻravonlikka aloqador daʼvolarini toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilishni nazarda tutadi. Elle jurnalidagi maqolada Jude Doylening taʼkidlashicha, bu ibora „ayollarni jins sifatida aldamchi yoki qasoskor deb oʻylamang va aksincha, ayollar juda kam holatlarda bunday holat toʻgʻrisida yolgʻon koʻrsatmalar berishini tan oling“ degan maʼnoni anglatadi[1].
Bu ibora Brett Kavanaugh Oliy sudga nomzodini qoʻyganligiga javoban mashhur boʻldi. 2018-yil 28-sentabr kuni Bumble tanishuv ilovasi The New York Times gazetasida oddiygina „Believe woman“ degan to‘liq sahifali reklamani chop etdi[2].
2020-yil aprel oyida bir qator siyosatchilar va sharhlovchilar „Believe women“ shiori bilan bogʻliq holda Jo Baydenning jinsiy zoʻravonlik ayblovi haqidagi soʻzlarini muhokama qilishdi. Vakil Alexandria Okasio-Cortez bu masala boʻyicha adolat yoʻq deb, quyidagicha tanqidiy fikrlarni bildirdi: „Agar biz halollikni qaytarmoqchi boʻlsak, siz aniq aytolmaysiz, bilasizmi, biz ikkalamiz ham ayollarga ishonamiz, bularning barchasini qoʻllab-quvvatlaymiz, lekin bu holat sizni bezovta qilmaguncha, bizni bezovta qilmaguncha davom etadi xolos“[3]. The National Review, Baydenning ikkiyuzlamachiligini tanqid qildi. Chunki Kavanaugh nomzodligini olgʻa surayotgan paytida u „amerikaliklar ayollarga qatʼiy ishonishlari shart“ degandi. Muharrirlarning taʼkidlashicha, „Umid qilamizki, bu voqea Baydenga uning jinsiy zoʻravonlik ayblovlariga oldingi yondashuvi xavfli, gʻayrioddiy va oxir-oqibatda asossiz ekanligini oʻrgatdi“[4]. Boshqa tomondan, senator Kirsten Gillibrand Baydenning yonida turib, shunday dedi: Biz „ayollarga ishoning“ deganda, barcha ayollar oʻz haqiqatlarini gapirishlari va ularni eshitishlari uchun imkon mavjudligiga ishonch hosil qilishsin degan niyatda aytganmiz. Va Tara Rid shunday ham qildi"[5].
The Atlantic nashrining yozishicha, Britaniyada huquq-tartibot idoralari jinsiy zo‘ravonlik haqidagi har bir xabarlarga ishonishi va shikoyatchilarni jabrlanuvchi deb hisoblashi tufayli politsiya tomonidan daʼvolarni noto‘g‘ri tekshirishga va qarama-qarshi dalillarni eʼtibordan chetda qoldirishga olib keldi. Natijada ayblanuvchiga nisbatan soxta ayblovlar koʻpaydi, sud-tergov ishlari samarasiga putur yetdi[6][7].
Tanqidlar va „Barcha ayollarga ishoning“ iborasi
tahrirBu shior aybdorlik prezumptsiyasini ragʻbatlantirgani uchun tanqid qilingan. The Daily Signal sayti uchun maqolalar yozadigan Mishel Malkin bu shiorni yaxshi signal deb taʼkidladi[8]. The Cut nashri xodimi Rebekka Traister bu iborani „jozibali, ammo notoʻgʻri“ deb ataydi: bu ibora koʻpincha „barcha ayollarga ishoning“ deb oʻzgartiriladi va „juda muammoli“ va „notoʻgʻri“ deb tushunishadi, bu esa „Biz ularni koʻproq gapirishga undashimiz va ular gapirganda jiddiyroq tinglashimiz kerak degan fikrni zaiflashtiradi“[9].
„Barcha ayollarga ishoning“ — bu munozarali ibora. The Washington nashri uchun maqola yozadigan Monika Xesse, bu shior har doim „ayollarga ishoning“ boʻlib kelganini va „barcha ayollarga ishoning“ varianti „bir oz grammatik boʻrttirilish natijasi“ boʻlib, bu variant tanqidchilar tomonidan atayin oʻylab topilgan deb taʼkidlaydi[10]. Biroq, Reason sayti yozuvchisi Robbi Soave ushbu talqinga qoʻshilmaydi va "Endi oʻzlari hech qachon barcha ayollarga ishoninglar demaganligini daʼvo qiladigan feministlar bizni aldashga urinishmoqda va „barcha ayollarga ishoning“ shiori xotiradan yoʻqolib bormoqda" degan fikrlarni bildiradi. Soave shuningdek, koʻplab jurnalistlar, jumladan, The New York Times gazetasi muxbiri Sara Faludi „heshtegning hamma ayollarga ishoning degan talqinini chin dildan qoʻllab-quvvatlagan baʼzi feministlar bilan uchrashishini“ tan olganini taʼkidlaydi[11].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Doyle, Jude. „Despite What You May Have Heard, "Believe Women" Has Never Meant "Ignore Facts"“. Elle (2017-yil 30-noyabr). 2018-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-oktyabr.
- ↑ Gstalter, Morgan. „Dating app Bumble publishes full-page ad in NY Times: 'Believe Women'“. The Hill (2018-yil 28-sentyabr). 2018-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-oktyabr.
- ↑ Watson, Eleanor; Erickson, Bo. „Alexandria Ocasio-Cortez: "It's legitimate to talk about" allegations against Joe Biden“. CBS News. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
- ↑ „The Hypocrisy on Tara Reade Is a National Disgrace“. National Review (2020-yil 27-aprel). Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.
- ↑ Khalid, Asma. „New Information Emerges Around Biden Sexual Assault Allegation“. NPR (2020-yil 29-aprel). Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.
- ↑ Yoffe, Emily. „The Problem With #BelieveSurvivors“. The Atlantic (2018-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.
- ↑ Evans, Martin. „Police should refer to complainants and not 'victims' when investigating rape cases, senior legal figures suggest“. The Telegraph (2017-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.
- ↑ Malkin, Michelle. „The Dangers of 'Believe Women'“. The Daily Signal (2018-yil 19-sentyabr). 2018-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-oktyabr.
- ↑ Traister, Rebecca. „'You Believe He's Lying?' The latest debate captured Americans' exhausting tendency to mistrust women.“. The Cut (2020-yil 26-fevral). Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
- ↑ Hesse, Monica. „'Believe Women' was a slogan. 'Believe All Women' is a strawman.“. The Washington Post (2020-yil 12-may). Qaraldi: 2020-yil 12-may.
- ↑ Soave. „Feminists Who Now Claim They Never Meant 'Believe All Women' Are Gaslighting Us“. Reason (2020-yil 19-may). Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.