Belong to the World

The Weekndning 2013-yilgi singli

"Belong to the World" – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning Kiss Land (2013) nomli birinchi studiyaviy albomidagi qoʻshigʻi. Qoʻshiq albomning ikkinchi singli sifatida 2013-yil 16-iyulda chiqqan.

„Belong to the World“
The Weeknd singli
„Kiss Land“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 16-iyul, 2013-yil(2013-07-16)
Yozib olingan 2013-yil
Janr
Davomiyligi 5:07
Leybl
  • XO
  • Republic
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • DannyBoyStyles
  • The Weeknd
  • DaHeala
The Weeknd singllar xronologiyasi
„Kiss Land“
(2013)
Belong to the World
(2013)
„Odd Look“
(2013)
Klipi
"Belong to the World" YouTubeda

Tarixi va qoʻshiq matni tahrir

2013-yil 6-iyulda The Weeknd „Belong to the World“ni Kanadaning Ontario shtati, Toronto shahridagi Mod Club teatrida keng jamoatchilikka taqdim etdi[1]. Qoʻshiq soʻzlari notoʻgʻri odamni sevib qolish haqida boʻladi va The Weekndda bir paytlar boʻlgan jiddiy munosabatlar haqida gapiriladi[2].

Musiqiy video tahrir

"Belong to the World" qoʻshigʻiga klip birinchi marta 2013-yil 15-iyulda MTVda namoyish etilgan[3]. Keyinchalik u 2013-yil 16-iyul kuni YouTubedagi The Weekndning Vevo akkauntiga yuklangan. Video Yaponiyada suratga olingan boʻlib, Antony Mandler rejissyorlik qilgan. Hozirgacha u 23 million marta koʻrilgan.

Bahslar tahrir

Portishead guruhidan Geoff Barrow uning „Machine Gun“ qoʻshigʻida qoʻllanilgan barabanli sempl ularning ruxsatisiz ishlatilinganlikda ayblashi tufayli qoʻshiq bahs-munozaralarga sabab boʻldi[4]. Keyinchalik The Weeknd ayblovlarni rad etdi va buning natijasida sudga hech qanday daʼvolar kelib tushmadi[5].

Chartlar tahrir

"Belong to World"ning chartlardagi oʻrni
Grafik (2013) Eng yuqori

oʻrin

AQSH Bubling Under R&B/Hip-Hop Singles (Billboard)[6] 7
AQSh Hot R&B Songs (Billboard)[7] 22

Chiqarilish tarixi tahrir

Hudud Sana Format Leybl(lar) Man
Global 2013-yil 16-iyul Raqamli yuklab olish
  • XO
  • Republic
[8]

Manbalar tahrir

  1. "Belong to the World" - Lyrics https://genius.com/The-weeknd-belong-to-the-world-lyrics. 
  2. "Belong to the World" by The Weeknd Song Facts http://www.songfacts.com/detail.php?id=30137. 
  3. „The Weeknd's Portishead-Inspired 'Belong to the World' Video: Watch Now!“. MTV (2017-yil 6-noyabr).
  4. „Portishead Vs. The Weeknd Battle Heats Up Again“. Pitchfork (2014-yil 5-may).
  5. „The Weeknd Denies Sampling Portishead“ (2013-yil 17-iyul).
  6. „The Weeknd Bubbling Under R&B/Hip-Hop Singles Chart History“. [sayt ishlamaydi]
  7. „The Weeknd Chart History - Hot R&B Songs“. Billboard. August 3, 2013.
  8. „Belong to the World“ (2013-yil yanvar).