Beltepa koʻchasi (Toshkent)
Beltepa koʻchasi — Toshkentning Shayxontohur tumanida, Forobiy va Jarariq koʻchalari oʻrtasida. Uzunligi 1 km oraligʻida. 2005-yilning 28-aprelida nomi yoʻq yangi koʻchaga qoʻyilgan. Koʻchada tramvay yoʻli bor. Beltepa koʻchasining 8 ta tor hamda 3 ta berk koʻchasi mavjud. Koʻcha atrofida koʻp qavatli binolar, yakka tartibdagi uy-joylar, maishiy xizmatlar markazi, savdo va transport vositalariga yonilgʻi quyish shahobchalari bor. Koʻchadan uzoq boʻlmagan joyda Toshkent tibbiyot akademiyasi, Beltepa, Ibn Sino va Jarariq daxalari oʻrin olgan[1].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Shayxontohur |
Uzunligi | 1 km |
Koʻchada joylashgan binolar | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toʻxliyev, Nurislom, ed (2009). "Beltepa koʻchasi". Toshkent: Ensiklopediya. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. p. 112.