Bemorga yordam ko'rsatmaslik
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bemorga yordam koʻrsatmaslik — qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam koʻrsatishi shart boʻlgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam koʻrsatmaganligi. Bemorga yordam koʻrsatmaslik badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, shaxs Oʻzbekiston Respublikasi JKnning 116-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi. "Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, tibbiyot va farmasevtika xodimlari fuqarolarga yoʻlda, koʻchada, boshqa jamoat joylarida va uyda birinchi tez tibbiy yordamni koʻrsatishga majbur[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi