Benjamin "Ben" Karpman (1886-yil 8 avgust / 1962 yil 24-may) amerikalik psixiatr bo'lib, inson jinsiy hayotiga oid tadqiqotlari bilan tanilgan. U 1921-yildan 1941-yilgacha Howard University College of Medicine oliygohida professor va psixiatriya kafedrasi boshlig'i bo'lib ishlagan [1]

Hayoti va faoliyati tahrir

Karpman Slutzkda tug'ilgan. U Minnesota universitetini tamomlagan, 1915-yilda bakalavr, 1918-yilda magistr va 1920-yilda tibbiyot fanlari doktori darajasini olgan. U Jesse Francis McClendon bilan Minnesota universiteti tibbiyot fakultetida inson ovqat hazm qilish tizimidagi pH o'lchovlarini in situ tartibida o'rganishda kashfiyotchi sifatida ishlagan. U Sent-Elizabet kasalxonasida amaliyot o'taganidan so'ng, katta tibbiy xodim va psixoterapevt lavozimiga ko'tarildi. Karpman psixoanaliz tarafdori edi va o'zining klinik tajribasiga asoslangan holda ko'plab keys hisobotlarni nashr etdi. Xovardda esa, dinamik psixiatriyani tibbiy o'quv dasturiga kiritdi [2].

Karpman The American Mercury jurnalining faollaridan bo'lgan bo'lib, u yerda Harrisonning Narkotiklarga oid soliq qonunini tanqid qilgan[3]. U 1953-yilda Nyu-York Fanlar akademiyasi a'zoligiga saylangan[4]. Karpman ijtimoiy huquqni ham, tibbiyotni ham ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi o'rnini tanqid qilgan edi. U 2010-yilga borib Qo'shma Shtatlarda qamoqxonalar bo'lmaydi, faqat qonunbuzarlar uchun psixiatrik davolash markazlari bo'ladi, degan farazni olg'a surgan. "Men advokatlik kasbi va psixiatriyaning ko'plab tarmoqlariga zid fikrlayman, lekin ikkisi ham noto'g'ri ishlashini bilaman. Masala oddiy: “Ayblanuvchi xastami yoki yo‘qmi? Bir shaxsda bir vaqtning o'zida ruhiy kasallik va jinoiy javobgarlik bo'lishi mumkin emas" [5].

Karpman 1962-yil 23-mayda yurak xurujiga uchradi va ertasi kuni vafot etdi [6].

 

  1. Williams EY (November 1967). The Howard Department of Neurology and Psychiatry. Journal of the National Medical Association, 59:6 pp. 47 ff.
  2. Willie CV, Kramer, BM, Brown BS (1973). Racism and mental health: essays. University of Pittsburgh Press, ISBN 978-0-8229-5233-6
  3. Karpman B (May 10, 1931). A law that creates crime. Chicago Daily Tribune
  4. Transactions of the New York Academy of Sciences, p. 282.
  5. Staff report (May 23, 1960). Medicine: Criminal or Insane? Time
  6. Lavine TZ (1963). Benjamin Karpman, MD (1888-1962), Memorial Minutes. Proceedings and Addresses of the American Philosophical Association. 1962-1963 V.36