Benjamin Woolfield Mountfort (talaffuzi: Benjamin Vulfild Mauntfort; 13-mart 1825-yil — 15-mart 1898-yil) — yangi zelandiyalik ingliz muhojirlaridan boʻlib, 19-asrning eng mashhur arxitektorlaridan biri boʻlgan. Kraystcherch shahrining noyob meʼmoriy oʻziga xosligi hamda madaniyatini shakllantirishda katta hissa qoʻshgan. Bundan tashqari, Canterbury provinsiyasining ilk rasmiy provinsiya meʼmori etib tayinlangan. Bugungi kunda, Mountfort Canterbury provinsiyasi asoschi meʼmori oʻlaroq tilga olinadi.

Benjamin Mountfort 1875-yil oraligʻida.

Hayoti

tahrir

Mountfort Angliyaning Midlends mintaqasidagi sanoat shaharchasi boʻlmish Birmingem shahrida tugʻilgan. Otasi Thomas Mountfort boʻlib, perfyum mollari ishlab chiqaruvchisi boʻlgan, onasi Susanna (qizlik familiyasi Woolfield) esa zargar boʻlgan. Mountfort yoshligida Londonga koʻchib keladi va u yerda mashhur ingliz meʼmori George Gilbert Scott (1841-46-yillar) dan boshlangʻich saboqni oladi[1]. Keyinchalik, u anglo-katolik meʼmor Richard Cromwell Carpenterdan saboq oldi,[2] undan Oʻrta asrlardagi Gotika uslubi haqida olgan bilimlari Mountfortga butun hayoti davomida taʼsir koʻrsatdi. 1848-yilda oʻqishni tamomlagach, Mountfort Londonda arxitektura bilan shugʻullandi. 1850-yil 20-avgustida Emily Elizabeth Newman bilan oila quradi va turmush qurishganidan 18 kun oʻtgach, ushbu juftlik Yangi Zelandiyaga koʻchib kelishadi. Ular Centerbury provinsiyasiga yashash uchun kelgan ilk koʻchib kelganlardan boʻlishgan. Ular bu provinsiyaga 1850-yil 16-dekabrida mashhur „Ilk toʻrt kema“ (inglizcha: First Four Ships) dan biri boʻlmish Charlotte-Jane kemasi orqali kelishadi.[3][4]

Yangi Zelandiya

tahrir
 
Benjamin Mountfort tomonidan 1877-yilda loyihalashtirilgan Canterbury kolleji.
 
Canterbury kolleji, Buyuk zal tasvirning oʻng tomonida tasvirlangan.

Mountfort Canterburyga shuhrat qidirib keladi hamda 1850-yilda Britaniya hukumati tomonidan Yangi Zelandiyaning yangi koloniyasiga koʻchib oʻtishga daʼvat etilgan koʻchib kelganlar toʻlqinlaridan bir oʻlaroq loyihalarni amalga oshirishni boshlagan.[5][6] U va rafiqasi bilan birga asli kelib chiqishi Angliyadan boʻlgan ukasi Charles, singlisi Susannah hamda Charlesning rafiqasi koʻchib kelishadi. Ularning barchasining yoshii 21-26 yosh oraligʻida boʻlgan. Yangi Zelandiyadagi hayot dastlab qiyin va umidni puchga chiqaradigan edi. Mountfort bilgandiki, bu yerda arxitektorlarga talab kam edi. Christchurch esa shamoldan himoyalanmagan tekislikdagi yogʻoch kulbalardan tashkil topgan yirik qishloqdan boshqa narsa emas edi.

Yangi muhojirning Yangi Zelandiyadagi hayoti musibatli boshlangandi. Uning Yangi Zelandiyadagi ilk zimmasiga yuklangan ishi Lytteltond shahridagi Muqaddas uchlik cherkovi (inglizcha: Holy Trinity Church) boʻlib, bu cherkov 1852-yilda Isaac Luck tomonidan qurilgan.[7][8] Binoning kuchli shamollarga nisbatan himoyasizligi maʼlum boʻldi hamda xavfli deb topildi. 1857-yilda esa buzib tashlandi.[7] Ushbu falokat pishiq boʻlmagan yogʻochdan foydalanish hamda mahalliy qurilish materiallari toʻgʻrisida bilimlarning yetishmasligi ortidan yuzaga kelgan edi. Nima boʻlishidan qatʼiy nazar, natija uning obroʻsiga putur yetkazdi. Mahalliy roʻznoma uni „… chala oʻqigan meʼmor, binolari qoniqishdan boʻlak har narsani berdi, garchi u mohir chizmakash va didi bor inson boʻlsa-da, qurilish tamoyillarida shubhasiz kamchiliklarga ega edi“.[2]

Bu hodisalar uning obroʻyiga putur yetkazganligi tufayli u kantselyariya mollari doʻkonida roʻznoma agenti oʻlaroq ish boshlaydi va meʼmorchilik sohasida kam-koʻstini toʻldirish maqsadida chizmachilik boʻyicha saboqlar beradi.[9]Bu davr mobaynida, meʼmoriy kimsasizlikda u umrboʻyi oʻzida fotografiyaga qiziqish uygʻotdi va oz miqdordagi daromadini fotografik portretlar olish bilan toʻldirdi.[10]

Mountfort mason hamda Birdamlik kulbasi (inglizcha: Lodge of Unanimity) ning birinchi aʼzolaridan biri boʻlgan.[11] U Birdamlik kulbasining bosh binosini 1863-yilda oʻzi loyihalashtirgandir.[12][13] Maʼlumot uchun, Birdamlik kulbasi Janubiy oroldagi ilk Mason kulbasi boʻlgan.[14]

Arxetikturaga qaytishi

tahrir

1857-yilda u meʼmorchilikka qaytdi hamda singlisi Susannahning yangi turmush oʻrtogʻi Isaac Luck bilan biznes sheriklik qildi. Otago mintaqasining Waikouaiti shaharchasidagi St Johnʼs Anglican cherkovini loyihalashtirish Mountfort zimmasiga yuklatilgandan soʻng, uning karyerasida oʻsish boʻldi. Gotika uslubidagi kichik yogʻoch tuzilma 1858-yil 19-dekabrida sobiq kit ovlovchi Johnny Jones tomonidan inʼom etilgan yerda qurib bitkazildi. U hozirgi vaqtda ham Yangi Zelandiyaning janubiy qismidagi eng qadimgi cherkov oʻlaroq tilga olinadi.[15] Endilikda Dunedin shahri chegarasidagi yogʻochdan yasalgan oddiy ichki qism maʼnaviyat tuygʻusini muvaffaqiyatli uygʻotadi.

Christchurch oʻsha paytda faol rivojlamayotgan edi, chunki unga endigina shahar maqomi berilgan edi hamda Canterbury provinsiyasining yangi administrativ poytaxti boʻlgan edi. Bu Mountfort va Luckga savdosi bilan shugʻullanish uchun keng imkoniyat yaratdi. 1855-yilda ular yangi Canterbury provinsiyasi kengashi binolari uchun dastlabki loyihani ishlab chiqishdi. Binolar 1857-59-yillarda barpo etildi, ammo asl loyihaga nisbatan ancha cheklangan holatda edi. Provinsiya kengashi provinsiya aholisi va iqtisodiyoti oʻsishi bilan yangi funksiyalarga ega boʻlishgach, binolar 1859-60-yillarda temir soat minorasi, kengash palatasi hamda zallari bilan kengaytirildi.[10][16] Binolar hozirgi kunda Mountfortning eng muhim ishlaridan biri sanaladi.[9]

Gotika arxetikturasi

tahrir
 
Waimate'dagi St Augustineʼs Cherkovi

Arxitekturada gotika uslubi 18-asr oxiridan boshlab, oʻtgan ikki asr mobaynida hukmronlik qilgan klassik va rasmiy uslublarga romantik reaksiya oʻlaroq mashhur boʻla boshladi. 16 yoshida Mountfort ingliz meʼmori Augustus Pugin qalamiga mansub ikkita kitobni xarid qiladi: The True Principles of Christian or Pointed Architecture („Xristian yoki uchli arxitekturaning chin tamoyillari“) va An Apology for the Revival of Christian Architecture.

 
Canterbury Viloyat Kengashi binosi. Mountfortning Yangi Zelandiyada Gotika uslubida qurilgan binolaridan biri.

Mountfortning bugungi ishini baholashda, Yevropadagi shunga oʻxshash loyihalarni baholashdan qochish kerak. 1860-yillarda Yangi Zelandiya rivojlanayotgan davlat edi. Yevropada mavjud boʻlgan materiallar va resurslar, Yangi Zelandiyafa yoʻqligi tufayli sezilarli edi. Mountfort, dastlabki halokatli loyihasida, ishlov berilmagan yogʻoch bilan topilganidek, ular juda past boʻlgan sifatga ega boʻlishgan. Uning yangi davlatidagi birinchi binolari koʻpincha baland boʻyli yoki tik, ammo Yevropacha boʻlgan iqlim va landshaft hisobga olinmagan edi. Shu bilan birga, u tezda xom va tozalangan materiallar bilan ishlash qobiliyatiga ega boʻldi va ishini muvaffaqiyatli bajardi.[10] Bugungi kunda, Benjamin Mountfort Canterburyga asos solgan meʼmor deb tilga olinadi. U Yangi Zelandiya meʼmorchiligining oʻziga xosligini yaratdi desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Shuningdek, Mountfort katta meros qoldirdi.

 
Sunnyside Asylum, Christchurch. 1891-yilda qurib bitkazilgan, bu Mountfortning soʻnggi yirik inshootlaridan biri edi.

Christchurch va uning atrofidagi joylar Yangi Zelandiyada yagona Gotika meʼmorchiligi uslubi uchun noyob hisoblanadi, bu Benjamin Mountfortga bevosita aloqador boʻlishi mumkin edi. Mountfort kichik xususiy komissiyalarni qabul qilgan boʻlsa-da, bugungi kunda u jamoat va fuqarolik organlari uchun yaratilgan loyihalari bilan yaxshi tanilgan. Oksford yoki Kembrijda boʻlmagan Christchurchning gumbaz toshli inshootlari materiallarning salbiy taʼsiri bilan ajralib turadi. Shu tarzda, Benjamin Montfortning yutugʻi, Canterbury provinsiyasining oʻziga xosligi bilan oʻziga xos meʼmorchilik uslubini yaratish edi.[17][9]

Tanlangan binolar

tahrir
  • Most Holy Trinity (Lyttelton), 1852 (buzilgan, 1857)
  • Canterbury Provincial Council Buildings, 1858-1865 (2011-yilgi Christchurch zilzilasi)[18]
  • ilk (yogʻoch) sinagoga, 1864
  • ChristChurch Cathedral, 1864, (2011-yilgi Christchurch zilzilasi)
  • Canterbury Museum, 1869-1882
  • St. Augustineʼs Church, Waimate 1872 (foto)
  • Trinity Church, Christchurch, 1872 (2011-yilgi Christchurch zilzilasi)[19][20])
  • Holy Trinity Avonside Church Chancel, 1874-1877 (foto)
  • St Paul’s Anglican Church, Papanui, 1876-1877
  • Canterbury College Hall, Christchurch, 1882
  • Church of the Good Shepherd, Phillipstown, 1884-1885
  • St Mary’s Church, Auckland, begun 1886 (koʻchirilgan, 1982)[21]
  • St Johnʼs Cathedral, Napier, 1886-1888
  • Sunnyside Asylum, Christchurch, 1881-1893[22]
  • St Stephenʼs, Lincoln 1877
  • St Johnʼs, Rangiora.
  • St Bartholomew’s, Kaiapoi (1855)

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Homan, Roger. The Art of the Sublime. Ashgate Publishing, 2006 — 130-bet. ISBN 978-0-7546-5073-7. 
  2. 2,0 2,1 „Benjamin Mountfort and the Gothic Revival“. Christchurch Libraries. Retrieved on 11-avgust 2008-yil.
  3. „The First Four Ships“. Christchurch Libraries. Retrieved on 12-avgust 2008-yil.
  4. „Cathedral Square First Four Ships Commemorative Plaques“ (deadlink). Christchurch City Council. 16-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan.13-avgust 2008-yilda qaraldi.
  5. Smith, s. 54
  6. The 1966 Encyclopedia of New Zealand claims that he studied with George Gilbert Scott before this.
  7. 7,0 7,1 Lochhead 1999, ss. 66–76.
  8. „Isaac Luck (1817–1881)“. Christchurch City Libraries. Qaraldi: 2-iyun 2011-yil.
  9. 9,0 9,1 9,2 „The First Four Ships“. Christchurch Libraries. 12-avgust 2008-yilda qaraldi.
  10. 10,0 10,1 10,2 "Mountfort, Benjamin Woolfield". Yangi Zelandiya Ensiklopediyasi. Ministry for Culture and Heritage. 1966. http://www.teara.govt.nz/1966/M/MountfortBenjaminWoolfield/MountfortBenjaminWoolfield/en. 
  11. "Unamity's Jewel" (PDF). Freemasons' Gazette (New Zealand Freemasons) 30 (1): 21. 2002. Archived from the original on 2009-02-25. https://web.archive.org/web/20090225143321/http://www.freemasons.co.nz/news/gazette/Vol30_1/feb%20p1-18.pdf. Qaraldi: 2019-05-27. Benjamin Mountfort]]
  12. „Christchurch City Council Archives – 18–25-oktabr 2000-yil Heritage Week“. Christchurch City Council. 2008-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-may. (Wayback Machine saytida 2008-10-19 sanasida arxivlangan) Retrieved on 12-avgust 2008-yil.
  13. „Christ Church City Council Archives – 13–20-oktabr 2000-yil Heritage Week“. Christchurch City Council. 2008-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-may. (Wayback Machine saytida 2008-10-16 sanasida arxivlangan) Retrieved on 12-avgust 2008-yil.
  14. „Celebrating 150 years of English Constitution Freemasonry in New Zealand“ (deadlink). Freemason Southern Star Lodge. 1-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2008-10-01 sanasida arxivlangan) Retrieved on 12-avgust 2008-yil.
  15. Porter, 1983, p.166; Otago Daily Times, 19-dekabr 2008-yil
  16. Lochhead 1999, ss. 93-117
  17. „History of St Luke's in the City“ (deadlink). St Luke's in the City. 27-sentabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2011-09-27 sanasida arxivlangan) Retrieved on 14-sentabr 2008-yil.
  18. Scott, Don. „The old Canterbury Provincial Chambers (image)“. The Press. Qaraldi: 23-fevral 2011-yil.
  19. Duncan, Layton „Damage caused by Christchurch earthquake (image)“. Sydney Morning Herald. Qaraldi: 23-fevral 2011-yil.
  20. Broughton, Cate. „Technology to save Trinity Church“ (9-iyun 2012-yil), s. A13. Qaraldi: 9-iyun 2012-yil.
  21. Andoza:NZHPT
  22. Lochhead 1999, Appendix 3

Adabiyotlar

tahrir
  • Fletcher, Banister (1996). Sir Banister Fletcher’s a History of Architecture. Architectural Press, 20-nash. ISBN 978-0-7506-2267-7.
  • Lochhead, Ian. A Dream of Spires: Benjamin Mountfort and the Gothic revival. Canterbury: Canterbury University Press, 1999. ISBN 0-908812-85-X. 
  • Andoza:DNZB
  • Porter, Frances (nash.) (1983). „Historic Buildings of New Zealand, South Island“. Auckland: Methuen New Zealand. ISBN 0-456-03120-0.
  • Smith, Phillipa M. (2005). A Concise History of New Zealand. Cambridge University Press. ISBN 978-0-521-83438-4.
  • Taylor, C.R.H. (1929). The Gothic Beauties and History of the Canterbury Provincial Buildings. Canterbury Provincial Buildings Board.

Havolalar

tahrir