Bernard bo‘risi (Canis lupus bernardi), shuningdek, Banks Oroli bo‘risi yoki Banks Oroli Tundra bo‘risi deb ham ataladi[1], Arktika arxipelagidagi Banks va Viktoriya orollarida yashagan va yo‘qolib ketgan kulrang bo‘ri kenja turidir[2].

Muhofaza maqomi

Qirilib ketgan  (1900-yillarning boshi) (IUCN)
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Boʻri
Binar nomi
Canis lupus bernardi
Shimoliy Amerikada kulrang boʻrilarining tarixiy va hozirgi kundagi tarqalishi
Shimoliy Amerikada kulrang boʻrilarining tarixiy va hozirgi kundagi tarqalishi
Sinonimlari
  • Canis lupus banksianus (Anderson, 1943)

Taksonomiya

tahrir

Bernard boʻrisi "Dunyo sutemizuvchilari turlari" (2005) taksonomik manbasi tomonidan Canis lupusning bir kenja turi sifatida tan olingan[3]. U Kanada Arktika ekspeditsiyasining gaz shxoneri "Mary Sachs" ning rahbari Peter Bernard va uning jiyani Jozef F. Bernard tomonidan topilgan, tasniflangan va nomlangan. Ular katta erkak bo'ri terisi va bosh suyagini to‘plab, Kanadaning Milliy muzeyiga olib kelishgan, shuningdek, Canis Lupus Bernardining yana to‘rt namunasini yig‘ishgan[2][4]. Bu kenja turining juda oz namunalari topilgan, jami uch[5] yoki to‘rt dona[2].

Tashqi koʻrinishi

tahrir

Bo‘ri "orqa yelkasida qora uchli oq jun bilan qoplangan" deb ta'riflangan. Bernard boʻrisi uzun va ingichka bosh suyagi, nozik burun va juda katta yuqori va pastki yirtqich tishlari bilan katta o‘lchamga ega edi[6].

Yo‘qolib ketishi

tahrir

1993-yil mart oyida Department of Renewable Resources tomonidan hududdagi bo‘ri va kiyik populatsiyasini kataloglashtirish uchun tadqiqot o‘tkazildi. Ko‘plab kiyiklar va boshqa mahalliy hayvon turlari topilgan va qayd etilgan bo‘lsa-da, birorta ham bo‘ri topilmagan. Viktoriya orolidagi populatsiya 1918- va 1952-yillar orasida yo‘qolib ketgan deb ishoniladi[7], boshqa manba esa taxminan 1920-yilni keltiradi[2].

Manbalar

tahrir