Bernes haykali
Bernes haykali — sovet kino aktyori va qoʻshiq ijrochisi, RSFSR Xalq artisti Mark Naumovich Bernes haykali. Ukrainaning Nejin shahrida joylashgan. 2011-yil 13-oktabrda ochilgan. Haykaltarosh-Vladimir Chepelik. 2017-yil 3-may tunida oʻgʻirlangan va bir kundan keyin singan holda topilgan. 2019-yil 9-oktabrda tiklangan yodgorlik xuddi shu joyda oʻrnatildi[1].
Tarixi
tahrirNejin teatr maydonida oʻrnatilgan yodgorlik 2011-yil 12-oktabrda — aktyor tavalludining 100-yilligi munosabati bilan ochildi. Bundan tashqari, artistning yubileyiga kelib, maydon qayta qurildi va qoraqaragʻay xiyoboni ekildi. Yodgorlik muallifi Vladimir Chepelik.
Yodgorlik "Ikki askar" filmidagi kadrni aks ettiradi - Arkadiy Dzyubin[2] timsolidagi bronzadan yasalgan Bernes tosh poydevorda oʻtiribdi. Poydevorda shunday yozuv bor: “Men seni sevaman, hayot!".
2017-yilgi Gʻalaba kuni arafasida, 2-maydan 3-mayga oʻtar kechasi, rassomning bronza figurasi oʻgʻirlab ketilib, faqat tosh qoldi. Yodgorlikning yoʻqolgani haqida nejinlik jurnalist Igor Volosyankin xabar berdi va u shunday deb yozdi: “Har kuni biror-bir syurpriz. Nejinda Mark Bernes haykali oʻgʻirlangan. Sevimli shahar tinch uxlayshi mumkin”[3]. Ukrainaning Chernigov viloyati politsiyasi oʻgʻirlik boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashining mudofaa va xavfsizlik boʻyicha qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Frans Klinsevich, oʻgʻirlik uchun dekommunizatsiya toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilgan Ukraina Oliy Radasi deputatlari aybdor ekanligini aytdi[4]. Biroq bu bayonot haqiqatga zid: aksincha, aynan dekommunizatsiya toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingandan keyin Xarkovda Mark Bernes koʻchasi (sobiq Shchorsa deb oʻzgartirilgan) paydo boʻldi.
Oradan bir kun oʻtib, ogʻirligi yarim tonnadan ortiq boʻlgan shikastlangan yodgorlik shahar chekkasida tashlandiq holda topildi. Yodgorlikdan qoʻl, plash va gitaraning bir qismi sindirilgan, ammo bu elementlar metallolomga topshirilmagan, balki shunchaki yaqin atrofga tashlab ketilgan[5]. Xalq deputati Aleksandr Mixaylovich Kodola oʻzining Facebookida yodgorlik qayerda ekanligini ma’lum qildi, keyin esa postni oʻchirib tashladi. Yoʻqolgan yodgorlik haqida ma'lumot uchun 50 ming grivengacha mukofot tayinlangan.
2019-yil 9-oktabrda qayta tiklangan yodgorlik asl joyiga oʻrnatildi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Пам’ятник Марку Бернесу відкрито в Ніжині. Фоторепортаж Віктора Кошмала (укр.)
- ↑ На Украине украли памятник Марку Бернесу
- ↑ „В Нежине украли памятник Марку Бернесу“. 2018-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
- ↑ „Клинцевич назвал виновных в краже памятника Бернесу на Украине“. 2018-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
- ↑ На Украине нашли в поле похищенный памятник Марку Бернесу
- ↑ „У Ніжині встановили відновлений після крадіжки пам'ятник Бернесу (2019-10-09).“. 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.