Beruniy koʻchasi (Beruniy shoxkoʻchasi) — Shayxontohur tumanida, Chorsu maydoni bilan Farobiy koʻchasi oraligʻida.

Beruniy koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Shayxontohur
Uzunligi 3 km
Yaqin metro bekatlari Tinchlik
Beruniy
Kim sharafiga nomlangan Abu Rayhon Beruniy
Koʻchada joylashgan binolar "Jar" sport majmuasi
Eskijoʻva dehqon bozori
Shayxontohur tumani xalq sudi
Respublika koʻrgazma savdo markazi

Uzunligi 3 km atrofida. Hozirgi „Yoshlik“ talabalar shaharchasi hududida dastlab (oʻtgan asrning 1960-yillari) Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi (vistavkasi) qurilishi boshlangan, shu munosabat bilan bogʻ-rogʻlar oʻrniga ushbu koʻcha ochilgan va Vistavka koʻchasi deb nomlangan. Keyinchalik vistavka qurilishi toʻxtatilib, oʻrniga Toshkent universiteti (hozirgda Oʻzbekiston milliy universiteti) korpuslari qurilgan. Abu Rayhon Beruniy tugʻilgan kuniga 1000-yil toʻlishi munosabati bilan 1973-yilda koʻchaga Beruniy nomi qoʻyilgan. Beruniy koʻchasida 1970-80-yillarda katta qurilish ishlari olib borilib, Bogʻkoʻcha dahasi (27-kvartal), Gulobod dahasi (26-kvartal), „Orzu“ charm-galantereya va sport buyumlari i.ch. birlashmasi va uning qarshisida 9 qavatli turar joy binolari, Beruniy maydoni bunyod etildi[1].

Mustaqillik yillarida Beruniy koʻchasida bunyodkorlik ishlari davom ettirilib, "Jar" sport majmuasi, Eskijoʻva dehqon bozori, Respublika koʻrgazma savdo markazi qurildi. Koʻcha yoʻnalishida yuqorida sanalganlardan tashqari, turar joy binolari, „Oʻzgazloyiha“ AJ, „Gʻuncha“ kinoteatri, „Oʻzgazoyl“ avtomobilga yonilgʻi quyish shoxobchasi, Shayxontohur tumani xalq sudi, „Mashhura“ firmasi, maktab, kitob doʻkoni, „Humo-sarbon“, „Versal“, „Registon“, „Tinchlik“, „Huvaydo“, „Beruniy“ va „Alpomish“ restoran-toʻyxonalari, savdo doʻkonlari, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.

Koʻchasida „Tinchlik“, „Beruniy“ metro bekatlari joylashgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.