Besh yuzlik kengash — filalar sonining oʻzgarishi munosabati bilan Salonning toʻrt yuzlar kengashi oʻrniga yuzlar (har bir filadan 50 vakil hisobidan) kengashi tashkil etilgan. Klisfen hududiy islohot oʻtkazar ekan, Attikada koʻpdan beri yashab kelgan va lekin mamlakatning tub aholisi boʻlmagan ancha shaxslardani fuqarolar qatoriga kiritgan. Bu vaqtda arxontlarning eski hay’ati oʻz ahamiyatini yoʻqotgan edi.Gelieyaga fuqarolar senzidan qatʼiy nazar bir yilga saylab quyilar edi. Klisfen tiraniya qayta tiklanishining oldini olish uchun „sopollashtirish“, yunoncha „ostrakism“ni (ostrakon-sopol) joriy etgan. Klisfenning soʻnggi tadbirlaridan biri — mil. Avv. 502-yilda oʻnta strateg hay’atni taʼsis etishdan iborat edi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi