Beshbuloq ko‘li
Kambeshbuloq koʻli — Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatida joylashgan koʻl. Eni 800 metr, koʻl Surxondaryo viloyatining janubida, Homkon togʻida joylashgan boʻlib, shu vaqtgacha toʻliq oʻrganilmagan. Olimlarning fikriga koʻra ushbu koʻl meteorit tushishi natijasida hosil boʻlgan.
Yagona trayektoriyaga juda koʻplab meteoritlarning koʻlning shimoliy qismidan janubiga olib boruvchi yoʻli tomon tushishi kuzatiladi. Qoratub togʻining Taxtaqoracha dovonidagi yeri va daryo qumi tektitlarga (kosmik yoki yer moddasining yerga urilishi natijasida yuqori harorat ostida hosil boʻluvchi mayda shishasimon modda) serob. Havzasining sharqiy qismi atrofidagi togʻlarda kaft bilan teng keladigan yirik gʻovakli shishasimon meteorit qoldiqlarini uchratish mumkin. Bu va boshqa kosmik kelib chiqishiga ega toshlar koʻproq besh metrli diametrli alohida maydonlarda sochilgan boʻladi.
Qoldiqlar tushishishi ketma-ketligini, ularning yotgan maydoni oʻlchamini tahlil qilib, olimlar „oʻzidan bunday izlar qoldirgan yirik meteoritli tana Xomkon togʻiga tushib, oʻzidan krater hosil qilgan va natijada izi suv bilan toʻlib, beshbuloq nomini olgan“, degan hulosaga kelishgan. Koʻldagi meteoritli hosil boʻlishlar, shuningdek, portlashdan keyingi holat kabi qizgʻish, qiya taxlangan boʻlinmalarni koʻrsatadi. Koʻl maydonida olib borilgan tahlil ishlari esa maydonning tabiiy usul natijasida hosil boʻlganligini, suv bosimi yoki tektonik oʻzgarishlarning bunga aloqasi yoʻqligini koʻrsatadi. Meteoritlar bundan ming yillar avval ba'zilari shu manzilga qulagan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida ham ba'zi fikrlar bor
Manbalar
tahrir- ↑ „meteoritics“.
- ↑ [www.manzaratourism.com „manzaratourism“].