Beshogʻayni — Toshkent shahridagi Sebzor dahasida joylashgan qadimiy mahallalardan biri boʻlgan. Mahalla Kohota, Hovuzli, Qoratut, Qoshiqchilik mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Mahallada qariyb 150 xonadon istiqomat qilgan. Aholisi, asosan, o‘zbeklardan iborat bo‘lib, ular asosan chakana savdo va hunarmandchilik, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Mahalla hududida 2 ta masjid, qabriston, choyxona, baqqollik do‘konlari, sartaroshxona, juvozxona, tegirmon, to‘quv ustaxonasi bo‘lgan (20-asr boshi)[1][2].

Hozirda

tahrir

Hozirgi hududida 4-9 qavatli turar joy binolari qurilgan[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Qadimiy mahallalar. Beshog‘ayni“ (uz). Qaraldi: 4-noyabr.
  2. „Toshkent“ ensiklopediyasi.. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2009 yil — 784-bet.