Bibichayi Munajjima“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan orifa ayol, Alisher Navoiyning zamondoshi. Nujum ilmining bilimdoni boʻlganligi uchun “Munajjima” nomi bilan mashhur boʻlgan. Jomiyning bir qator gʻazallariga javob yozgan. Hirotning Xiyobon mavzesi boshida oʻz hisobidan jomeʼ masjidi qurgan. Ushbu orifa ayol haqidagi bobni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Navoiyning oʻzi yozib kiritgan[1][2].

Manbalar tahrir

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Nasoyim ul-muhabbat”.