Biblida yoki Biblis (qadimgi yunoncha: Βυβλίς qadimgi yunoncha: Βυβλίς yoki Βιβλίς) — qadimgi yunon mifologiyasi qahramoni[1].

Milet va Kianey (yoki Idofeya, Eydofeya) ning qizi. Kuyovlikka koʻplab nomzodlarni rad etgan. Akasi Kavnga boʻlgan muhabbati tufayli oʻz joniga qasd qilgan, Kariyada tosh eman ostidan oqib chiqadigan jilgʻaga aylangan[2]. Parfeniyning yozishicha, u eman daraxtiga soch tasmasini bogʻlab, oʻzini osgan[3]. Antonin Liberalning soʻzlariga koʻra, oʻzini qoyadan tashlamoqchi boʻlgan, ammo nimfalar uni ushlab qolishgan va gamadriadga aylantirishgan, uning chashmasi „Biblidaning koʻz yoshlari“ deb ataladi[4]. Biblida chashmasi Milet viloyatida boʻlgan[5].

Afsonalarga koʻra, u Melosga asos solgan [nomaʼlum atama][6].

1879-yilda kashf etilgan asteroid (199) Biblidasharafiga nomlangan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Mifi narodov mira. M., 1991-92. V 2 tt. T. 1. S. 171; Lyubker F. Realniy slovar klassicheskix drevnostey. M., 2001. V 3 tt. T. 1. S. 262; Sm. Nonn. Deyaniya Dionisa XIII 556
  2. Ovidiy. Metamorfozi IX 450—665; Gigin. Mifi 243
  3. Parfeniy. O lyubovnix strastyax 11, 3
  4. Antonin Liberal. Metamorfozi 30, 4
  5. Pavsaniy. Opisanie Elladi VII 5, 10
  6. Stefan Vizantiyskiy. Etnika // Malkin I. Myth and territory in the Spartan Mediterranean. Cambridge UP. 2003. P. 93