Bichish – 1) kiyim tikish uchun gazlamani kishining boʻybastiga muvofiq qilib (belgilab yoki andoza asosida) qiyib olish. Masalan, doʻppi bichish – gazlamadan doʻppining tarki va kizaklarini andozaga solib qirqib olish; 2) miskarlik, tunukasozlik kabilarda mis yoki tunuka taxtadan asbob, idish va boshqa qismlarini oʻlchab qirqib olish; 3) imorat oʻrnini oʻlchab, belgilash; 4) axtalash.[1]

Manbalar

tahrir
  1. „Bichish“ Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil