Bilimdon (Znayka) — bu rang-barang dizayndagi jurnal boshlangʻich va oʻrta maktab yoshidagi bolalar uchun moʻljallangan. Nashr ikki tilda — rus (Znayka) va o‘zbek (Bilimdon) tillarida chop etiladi. Shu bilan birga, ruscha va o‘zbekcha versiyalarning mazmuni bir-biriga o‘xshamaydi va to‘liq mualliflik huquqi bilan himoyalangandir. Jurnal oyiga ikki marta chiqariladi. Jurnalning ikki tildagi mazmuni xotirani, mantiqni, matematik bilimlarni, ingliz tilini va zukkolikni rivojlantiruvchi juda koʻp qiziqarli sarlavhalardan iborat. Bundan tashqari, jurnalda qoʻl mehnati bilan shugʻullanadigan, shuningdek, oʻz rasmlari va hikoyalarini tahririyatga yuboradiganlar uchun sahifalar mavjud.

Bilimdon
Turi Bolalar jurnali
Formati A5 20 bet
Kimga tegishli "DONO MEDIA PRESS" ma’suliyati cheklangan jamiyati
Bosh ofisi Farg‘on shahri, B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 93-uy
Vebsayt http://www.dono.uz/


Manbalar tahrir