Uilyam Madden Plante-amerikalik jurnalist va CBS News muxbiri edi[1].U 1938-yil 14-yanvarda Chikagoda tug‘ilgan.U 1964-yildan boshlab va oʻttiz yildan ortiq vaqt davomida Oq uydagi katta muxbiri sifatida tanilgan.

Bill Plante
Tavalludi
William Madden Plante

14-yanvar 1938-yil
Chicago, Illinois, U.S.
Vafoti 28-sentyabr 2022-yil(2022-09-28)
(84 yoshda)
Washington, D.C., U.S.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Journalist
Turmush oʻrtogʻi Barbara Barnes Orteig|end
Robin Smith (turm. 1987)
}}
Bolalari 6 ta

Hayoti va taʻlim tahrir

Plante 1938-yil 14-yanvarda Chikagoda tug‘ilgan[2][3].Plante o‘z shahridagi Loyola akademiyasiga o‘qishga kiradi va uni 1955-yilda tugatadi[2][3].Taxminan oʻsha paytda u Illinoys shtatining Evanston shahridagi klassik musiqa radiostantsiyasida ishlagan,eshittirish bilan bogʻliq birinchi tajribalarni amalga oshirgan[3].

Plante Chikagodagi Loyola universitetida biznes va gumanitar fanlarni o‘rganib,1959-yilda bakalavr darajasini oldi[2][3].Bundan tashaqari,u Kolimbiya Universitetida ham oʻqiydi.

Karyera tahrir

Kolumbiyada oʻqishni tugatgandan soʻng,Plante 1964-yil iyun oyida CBS Newsda muxbir boʻlib ishlay boshladi[3][4].O'sha yilning oxirida u Vetnam urushi haqida xabar berish uchun Janubiy Vetnamga yuboriladi[2][4].Uning 1975-yildagi soʻnggi gastrol safarida u Pnompenning qulashi va Saygonning qulashini yoritgan va bu uning CBS News jamoasiga Chet el matbuot klubining "Xorijdan olingan eng yaxshi radio yangiliklari" mukofotiga sazovor bo'lishiga zamin yaratdi[4].

1965-yil mart oyida Plante Alabama shtatining Selma shahriga bordi va „Qonli yakshanba“ga guvoh boʻlgan[2].U oʻsha oyning oxirida Selmaning Montgomeriga yurishlari haqida hisobot berish uchun qaytib keladi va tadbir davomida Martin Lyuter King Jr.dan intervyu oladi[2] [4].


Plante 1976-yilning dekabrida CBS telekanalining Vashingtondagi byurosiga koʻchib o'tadi [3][4].U oʻn yildan soʻng [4] CBS uchun Oq uyning katta muxbiri etib tayinlandi va 2016-yil noyabrida nafaqaga chiqqunga qadar bu vazifani 35 yil davomida bajaradi [5][6].U bundan tashqari 1988-yildan 1995-yilgacha [4] [7]CBS Sunday Night News telekanalida ishlagan,shuningdek ,„CBS This Morning“ va „CBS Evening News“ uchun ham xabarlar yetgazib turgan[3].Plante Vetnam urushini (1972-yil),Ronald Reyganning 1984-yilda qayta saylanishini,ikki yildan so‘ng Mixail Gorbachyov bilan Reyganning sammitini va dafn marosimini yoritgani uchun bir nechta Emmi mukofotlarini qo‘lga kiritdi.

Plante oʻzining keng vino kolleksiyasi bilan ham mashhur edi.Matbuot korpusining boshqa aʼzolari uni ushbu soha boʻyicha mutaxassis deb bilishgan va Oq uy muxbiri sifatida ishlagan paytida ularning norasmiy sommelieri boʻlgan[3][4].U shuningdek,vaqti-vaqti bilan The Early Show va CBS News Sunday Morningda ushbu mavzu haqida ham gapirgan[4].

Bill Klintonning Yangi Zelandiyaga tashrifini ham Plante yoritib borgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Plantening birinchi nikohi Barbara Barnes Orteig bilan boʻlgan[2][3].Ularning ikki farzandi bor edi [8].Ular oxir-oqibat ajrashishadi va u 1987-yilda Robin Smitga uylanadi[3].Ular Plantening vafotigacha 34-yil birga bo'lishdi[4].Uning oʻgʻillaridan biri Patrik 2014-yilda Plantedan oldin vafot etgan[2].

Plante nafas yetishmovchiligidan aziyat chekardi va 2022-yil 28-sentabrda Vashingtondagi uyida vafot etadi.U 84 yoshda edi[2][3].

Manbalar tahrir

  1. Taibi, Catherine. „CBS News' Bill Plante Celebrates 50-Year Anniversary With The Network“. The Huffington Post (2014-yil 2-iyun). 2016-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Sandomir, Richard. „Bill Plante, CBS News's Man at the White House, Dies at 84“. The New York Times (2022-yil 28-sentyabr). 2022-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "NYT obit" defined multiple times with different content
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 Langer, Emily. „Bill Plante, CBS News correspondent for a half-century, dies at 84“. The Washington Post (2022-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "WP obit" defined multiple times with different content
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 „Bill Plante, legendary CBS News White House correspondent, has died at 84“. CBS News (2022-yil 28-sentyabr). 2022-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "CBS obit" defined multiple times with different content
  5. „Bill Plante, legendary CBS News White House correspondent, has died at 84“. CBS News (2022-yil 28-sentyabr).
  6. „CBS News celebrates career of Bill Plante, retiring after 52 years“. CBS News (2016-yil 16-noyabr). 2016-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-noyabr.
  7. Retirement announced on Face the Nation November 13, 2016, by John Dickerson Bill Plante. Bio from CBS News.
  8. „Conservatively speaking, WMAL radio host Chris Plante is on the rise“. The Washington Post. 2018-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-sentyabr.