Biogaz – bu qishloq xoʻjaligi chiqindilari, goʻng, shahar chiqindilari, oʻsimlik materiallari, oqava suvlar, yashil chiqindilar, oqava suvlar va oziq-ovqat chiqindilari kabi xomashyolardan olinadigan gaz shaklidagi qayta tiklanuvchi energiya manbai[1]. Biogaz anaerob organizmlar yoki metanogenlar tomonidan anaerob hazm qilish natijasida ishlab chiqariladi[2]. Gazning tarkibi asosan metan (CH₄) va karbonat angidrid (CO₂) iborat boʻlib, unda oz miqdorda vodorod sulfid (H₂S), namlik va siloksanlar boʻladi. Metan kislorod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida metan yonishi yoki oksidlanishi mumkin. Ushbu jarayonda energiyaning chiqarilishi biogazdan yoqilgʻi sifatida foydalanish imkonini beradi. Uni elektrokimyoviy qurilmalarda yoki isitish, masalan, ovqat pishirish uchun ishlatish mumkin[3]. Shuningdek, undan gaz dvigatelida energiyani elektr va issiqlikka aylantirish uchun ham ishlatilinadi.

Karbonat angidrid va vodorod sulfid ajratib tashlanganidan soʻng, uni tabiiy gaz kabi siqish va transport vositalarini harakatlantirish uchun ishlatish mumkin. Masalan, Birlashgan Qirollikda transport yoqilgʻisining taxminan 17% qismini biogaz bilan almashtirish imkoniyatiga ega deb hisoblanadi[4]. Biogaz bilan dunyoning ayrim hududlarida qayta tiklanuvchi energiya uchun subsidiyalarni olish ham mumkin. Biogaz tozalanib, tabiiy gaz standartiga yetkazilganda, bio-metan deb nomlanadi. Biogaz qayta tiklanuvchi energiya manbasi sifatida qaraladi. Chunki biogazning ishlab chiqarish va foydalanish sikli davomiydir va sof karbonat angidrid hosil qilmaydi.

Ishlab chiqarish

tahrir

Biogaz anaerob mikroorganizmlar, masalan, metanogenlar va sulfatni kamaytiruvchi bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladi. Biogaz tabiiy yoki sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarilishiga qarab ikki turga bo'linadi.

Tabiiy

tahrir

Tuproq tarkibidagi metan anaerob sharoitda metanogenlar tomonidan ishlab chiqariladi. Lekin metan ko‘pinchaholatda aerob hududlarda metanotrof bakteriyalar tomonidan iste'mol qilinadi. Metan chiqindilari metanogenlar muvozanatga kelganda yuzaga keladi. Botqoqlik tuproqlari metanning asosiy tabiiy manbai hisoblanadi. Boshqa manbalar qatoriga okeanlar, o‘rmon tuproqlari, termitlar va yovvoyi o‘txo‘r hayvonlar kiradi[5].

Sanoat

tahrir

Sanoatda biogaz ishlab chiqarishning maqsadi yoqilg‘i uchun biometan ishlab chiqarishdir. Sanoat biogazi quyidagi usullar orqali ishlab chiqariladi:

  • Chiqindixona gazi (LFG) sifatida, bu chiqindixonadagi biologik chiqindilarning kimyoviy reaksiyasi va mikroblar ta'sirida ularning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi, yoki
  • Hazm qilingan gaz sifatida, bu anaerob hazm qilish natijasida ishlab chiqariladi.
 
Germaniya qishloq hududlarida biogaz ishlab chiqarish

Biogaz zavodlari

tahrir

Biogaz zavodi odatda fermer xo‘jaliklarining chiqindilarini yoki energiya ekinlarini qayta ishlaydigan anaerob hazm qilish qurilmasiga beriladigan nomdir. Metan anaerob hazm qilish qurilmalaridan (har xil konfiguratsiyalarga ega havo o'tkazmaydigan tanklar) foydalanib ishlab chiqarilishi mumkin. Ushbu zavodlarda makkajo‘xori silosi yoki kanalizatsiya loyqasi va oziq-ovqat chiqindilari kabi biologik chiqindilaridan foydalanish mumkin. Jarayon davomida mikroorganizmlar chiqindilarni biomassadan biogazga (asosan metan va karbonat angidrid) va digestatga aylantiradi. Sut, shakar sanoati yoki pivo zavodidan olingan boshqa qoldiqlar bilan birgalikda kanalizatsiya suvi qayta ishlanganda ko‘proq miqdorda biogaz ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, pivo zavodidan olingan oqova suvning 90 foizini sut zardobining 10 foizi bilan aralashtirganda, faqat pivo zavodidan olingan oqova suv bilan ishlab chiqarilgan biogazga qaraganda biogaz miqdori 2,5 baravar oshadi[6].

Manbalar

tahrir
  1. National Non-Food Crops Centre. „NNFCC Renewable Fuels and Energy Factsheet: Anaerobic Digestion“, Retrieved on 2011-02-16
  2. Webdesign, Insyde „How does biogas work?“ (en). www.simgas.com. 2018-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-may.
  3. „Biogas & Engines“. clarke-energy.com. Qaraldi: 2011-yil 21-noyabr.
  4. „Biomethane fueled vehicles the carbon neutral option“. Claverton Energy Conference Bath, UK (2009-yil 24-oktyabr). 2023-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Le Mer, Jean; Roger, Pierre (January 2001). "Production, oxidation, emission and consumption of methane by soils: A review". European Journal of Soil Biology 37 (1): 25–50. doi:10.1016/S1164-5563(01)01067-6. 
  6. Appels, Lise; Baeyens, Jan; Degrève, Jan; Dewil, Raf (2008). "Principles and potential of the anaerobic digestion of waste-activated sludge". Progress in Energy and Combustion Science 34 (6): 755–781. doi:10.1016/j.pecs.2008.06.002. ISSN 0360-1285. https://lirias.kuleuven.be/handle/123456789/224773.  [sayt ishlamaydi]