Biotexnologiya fani va uning asosiy yo'nalishlari

Biotexnologiya – biologiya fanining tarkibiga kiruvchi 70 ta sohalardan biri boʻlib, tabiatda tirik organizmlarda boradigan assimiliyatsiya jarayonlarini oʻrganib, ulardan foydalangan holda texnologiyada mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi.

Bu fan

tahrir

Bu soha fan sifatida XX asrning 60- yillaridan rivojlana boshlagan. Lekin biotexnologik jarayonlar qadimdan insonlar tomonidan ongsiz ravishda qoʻllanilgan hisoblanib, jumladan sutdan qatiq olishda, bugʻdoy donlarini kislorodsiz sharoitda achitib spirt, sirka kislota, uzumlardan esa vino olish va boshqa koʻplab jarayonlarda misol boʻladi. Bunday jarayonlar asosida esa viruslar, bakteriyalar, zamburugʻlarning faoliyati yotadi.

Biotexnologik jarayonlarni yaxshi oʻzlashtirish uchun, unga aloqador boʻlgan fanlarni yani mikrobiologiya, biokimyo, biofizika, gen muhandisligi, hujayra muhandisligi, immunologiya, enzimologiyalarni chuqurroq oʻrganish zarur boʻladi. Hozirgi kunda biotexnologiya soha vakillarining oldilariga qoʻygan asosiy vazifalari, tibbiyotda, farmatsevtikada, chorvachilikda va oziq-ovqat sanoatida kerakli boʻlgan moddalarni suniy ravishda tez va sifatli koʻp ishlab chiqarishni, kasalliklarni davolashni muammo sifatida qarab, ularga yechim topib, sanoat darajasiga koʻtarishdir. Bunda asosan biotexnologiyaning bir qancha asosiy yoʻnalishlari misol boʻladi.

Biotexnologiyaning asosiy yoʻnalishlar

tahrir

Oziq – ovqat biotexnologiyasi

tahrir

Bu oziq-ovqat tarkibiy qismlari, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida ularning foydali xususiyatlarini oshirish uchun qoʻllanadigan yordamchi texnologik qoʻshimchalar. Hozirgi vaqtda oʻsimliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning genetik modifikatsiyalash orqali genetik muhandislik usullari yordamida sunʼiy ravishda oʻzgartirilgan organizm (GMO) lar olish biotexnologiyasi ommalashgan

Tibbiyot biotexnologiyasi

tahrir

Mikroorganizmlar faoliyati natijasida 6000 dan ortiq antibiotiklar sintez qilingan. Ulardan 100 dan ortigʻi tibbiyotda qoʻllanadi. Oddiygina grippning oldini olishning samarali yoʻllaridan biri oliy sifatli konsentrlangan interferonni ommaviy ravishda ishlab chiqarishini yoʻlga qoʻyishdir. Ilgari interferon donorqonidan olinar va ancha qimmatga tushardi. Hozirgi davrda interferon ishab chiqarish uchun javobgar genni bakteriyalarga oʻtkazish orqali bakterial interferon ishlab chiqarildi va bir qator davlatlarda amaliyotda muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda. Bugungi kunga kelib interferonga boʻlgan talab ortib, uning qoʻllanilish sohasining yangi yoʻnalishlari aniqlanmoqda.

Genetik biotexnologiya

tahrir

Oʻzbekistonlik olimlar tomonidan yaratilgan ZF-UZ-2001 rekombinant oqsilga asoslangan vaksina virusi odam ACE-2 retseptorlariga birikib hujayra ichiga kiradi. ACE – 2 retseptorlariga birikadigan spike oqsilining RBD domeni ACE- 2 retseptorlari bilan birikadi. Aynan shu domenni kodlovchi genni sintezlab vektorga ulanadi, hosil boʻlgan vektor konstruksiyani CHO hujayralariga kiritgan (eukariot hujayra) koʻpaytirilgan va tozalab olib vaksina sifatida ishlab chiqargan. Olimlarning izlanishlari natijasida pomidor DNK siga koronavirus S-oqsilining genini kiritilgan. Bemor vaksina pomidorni isteʼmol qilgandan keyin u inson organizmiga kiradi va pomidor hujayralaridan immunitet hosil qiladigan antitanalar ajralib chiqadi.

Qishloq xoʻjaligi biotexnologiyasi

tahrir

Qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash, energiya va suvdan foydalanish, qadoqlash jarayoni, chiqindilarni qayta ishlash issiqxona gazlari emissiyasi va barqarorlik masalalarini sanoat jarayoniga kiritishimiz kerak. Barqarorlik tushunchasi, ayniqsa oziq-ovqatda. Bu koʻp tarmoqli jarayon boʻlib, ijtimoiy manfaat, ekologik muvozanat va iqtisodiy potentsial taʼsirga muvofiq uch oʻlchovda rejalashtirilishi kerak.

Atrof – muhit biotexnologiyasi

tahrir

Atrof muhitni ifloslanishiga olib keladigan ifloslantiruvchi moddalarni zararsizlantirish, organik ravishda parchalanadigan suyuq va qattiq chiqindilardan biogaz va kompost ishlab chiqarish, ogʻir uglevodorodlar bilan ifloslangan suv va tuproqning ekologik holatini yaxshilash, neftni qayta ishlatish, mikroorganizmlar yordamida atrof-muhitning ifloslanishiga olib keladigan moddalarni oldindan aniqlash bilan shugʻullanadi.

Adabiyotlar

tahrir

1. ‘’Biologiya 11-sinf ’’ darsligi. 2022. 136 – b.