Bir Lahjar madrasasi
Bir Lahjar madrasasi (arabcha: مدرسة بئر الأحجار) Tunis Madinasining madrasalaridan biridir.
Joylashuvi
tahrirMadrasa El Pacha koʻchasi, 40-uyda joylashgan.
Tarixi
tahrirAbu Hasan Ali Husayniy bek oʻz hukmronligi davrida toʻrtta madrasa, jumladan, 1752-yilda Al-Bachiya madrasasi va 1756-yilda Al-Achoriya madrasasini qurdirgan. Xuddi shu yili u Bir Lahjar madrasasini ham qurishga buyruq bergan.
Qurilish ishlari bir yil oʻtib, bek vafotidan keyin 1757-yilda yakunlangan.
Madrasa oʻnlab yillar davomida mamlakatning turli mintaqalaridan kelgan molikiy talabalarni qabul qilgan.
Abu Hasan Ali sharofati bilan madrasada moliyaviy yordam beruvchi 25 ta turli manbalar yoki 5 ta Founduk, 3 ta doʻkon, 1 ta uy va boshqalar mavjud boʻlgan.
Arxitekturasi
tahrirKirish qismii chiroyli marmar qoplamaga ega.
Madrasa eshigining oʻng tomonida deraza bilan bezatilgan sabil va poydevorida madrasa haqida baʼzi maʼlumotlar bitilgan marmar lavha oʻrnatilgan.
Madrasada talabalar uchun 16 ta xona va namozxona mavjud[1].
Galereya
tahrir-
Madrasaning kechki koʻrinishi
-
Madrasaning umumiy koʻrinishi
-
Madrasaga kirish
-
Bir Lahjar koʻchasi
-
Madrasaning tashqi koʻrinishi
-
Bir Lahjar madaniyat markazining esdalik lavhasi
Manbalar
tahrir- ↑ Ahmed Saadaoui, Tunis, ville ottomane : trois siècles d’urbanisme et d’architecture, Tunis, Centre de publication universitaire, 2001, 538 p. (ISBN 978-9973-37-023-5), p. 178-184