Bir million o‘zbek dasturchilari
Bir million oʻzbek dasturchilari — Oʻzbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash boʻyicha loyiha boʻlib, loyihada toʻrtta yoʻnalish boʻyicha bepul onlayn kurslar tashkil etilgan.[1] Onlayn kurslar Birlashgan Arab Amirliklari hukumati, Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va IT-Park qoshidagi IT-akademiya koʻmagida tashkil etilgan.[2][3][4]
Barcha xohlovchilar unda Full-Stack Development, Android dasturlash, Front-End Development va Maʼlumotlar tahlilchisi yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olishlari mumkin.
Dastur ommaviy ochiq onlayn kurslarni oʻtkazadigan taʼlim platformasi hisoblanadi va oʻzbek tilida amalga oshiriladi.
Onlayn kurslar 2012-yilda Stanford universiteti informatika dasturining kengayishi natijasida tashkil etilgan „Udacity“ taʼlim platformasi koʻmagida tashkillashtirilmoqda.
Manbalar tahrir
Havolalar tahrir
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |