Birja bitimi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Birja bitimi — „Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qununining 22-moddasiga muvofiq, birja tomonidan roʻyhatga olingan birja tovari xususida birja savdosining birjada qayd etilgan natijasi boʻyicha tuzilgan oldi-sotti shartnomasidir. Birjada roʻyxatga olingan bitimlar notarial tasdiqlanmaydi, qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Birja bitimlarida birja nomidan va hisobidan amalga oshirilishi mumkin emas. Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga koʻra, birja aʼzolari birja bitimlarining ishtirokchilari hisoblanadilar. Birja aʼzolari(brokerlar) mijozlarning topshirigʻiga binoan, shuningdek oʻz nomlaridan va oʻz hisoblaridan (dillerlar) bitimlar tuzishlari mumkin. Birja aʼzolari oʻrtasidagi birja bitimlari birja savdolarining natijalariga koʻra tuziladi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik Ensiklopediyasi