Birlashgan Millatlar Tashkilotida arab tili kuni

BMTda arab tili kuni (arab. اليوم العالمي للغة العربية‎) – bayram sifatida har yili 18-dekabrda nishonlanadi. Mazkur sana 2010-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jamoatchilik axboroti departamenti tomonidan ,,koʻp tillilik va madaniy xilma-xillikni nishonlash hamda tashkilotdagi barcha oltita rasmiy tildan teng foydalanishni targʻib qilish maqsadida” tashkil etilgan .

Arab tili kuni emblemasi

1973-yilda BMT Bosh Assambleyasi va uning asosiy qoʻmitalarining rasmiy va doimiy foydalaniladigan tillari qatoriga arab tilini kiritish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kun 18-dekabr sanasi sifatida tanlangan[1] . 2012-yilda Marokash, Saudiya Arabistoni va Liviya taklifi bilan YUNESKO Ijroiya kengashining 190-sessiyasida bu kun Jahon arab tili kuni sifatida tasdiqlangan [2] .

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Официальный сайт ООН“. 2013-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-aprel.
  2. „Journées internationales“. 2017-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-aprel.

Havolalar

tahrir