Birlashgan koʻchasi (Toshkent)
Birlashgan koʻchasi — umumiy uzunligi qariyb 1.6 km boʻlgan koʻcha, shaharning sharqiy qismida, Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida joylashgan[1].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yashnobod |
Uzunligi | 1.6km |
Boshlanish koordinatalari | 41°17′07″N 69°20′20″E / 41.285363°N 69.338867°E |
Tugash koordinatalari | 41°17′34″N 69°21′21″E / 41.292777°N 69.355870°E |
Yaqin metro bekatlari | Tuzel metrosi |
Yoʻnalishli taksilar | 91, 111, 166 |
Kesishgan koʻchalari | Birlashgan 2-tor koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar | Yashnobod tumangaz, 373-bogʻcha, 4-son shahar klinik shifoxonasi, 329-bogʻcha, Koʻp qavatli uylar, stadion, 226-maktab, 103-maktab internat, 240-bogʻcha |
Kesishgan koʻchalar
tahrirKoʻcha Izzat koʻchasi bilan kesishgan qismidan boshlanib, Aviasozlar 2-tor, Aviasozlar, Birlashgan 2- va 6-tor koʻchalari Beshariq 3- va 4-tor koʻchalari, Sholoxov 1-tor koʻchasi, Birlashgan 4-tor koʻchasi, Birlashgan 4-tor koʻchasi, Griboyedov koʻchalari bilan kesishib Ohngaron yoʻli bilan kesishgan joyda tugaydi. Beshariq koʻchasiga (sobiq Sholoxov koʻchasi) parallel ravishda oʻtadi.
Binolar
tahrirIzzat koʻchasidan kirilganda 240-bogʻcha, 103-maktab internat, 30-son mehribonlik uyi, futbol maydoni, 226-maktab, 5-qavatli turar joy binolari, 329-bogʻcha, I. Ergashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasi (tugʻruqxona), Korzinka SM, dorixonalar, doʻkonlar, 373-bogʻcha, Yashnobod tumangaz, aholi xonadonlari joylashgan.
Tansport
tahrirEng yaqin metro bekati Toshkent Yerusti halqa metrosining Tuzel (3-bekat) stansiyasi boʻlib, u koʻchaning Ohngaron yoʻli koʻchasi bilan kesishgan qismida joylashgan. Turkiston koʻchasida joylashgan Temir yoʻl vokzali va Toshkent metro bekati ushbu koʻchadan 8 km ga yaqin masofa oraligʻida, Islom Karimov ko‘chasidagi TMU (TSUM) va „Toshkent“ avtovokzallari esa qariyb 8 km masofada, Aeroport esa taxminan 9 km masofada joylashgan.