Birlik (partiya, O‘zbekiston)

Birlik“ — Oʻzbekistonda rasman roʻyxatdan oʻtmagan oʻng qanot muxolifat siyosiy partiya.

Birlik
Asoschisi Аbdurahim Poʻlat
Tashkil etilgan 16-noyabr, 1988-yil(1988-11-16)
Gazetasi "Birlik" gazetasi va „Harakat“ jurnali
Xalqaro mansublik  Ozarbayjon Ozarbayjon xalq fronti[1][2]
Aylana stol—Erkin Gruziya
 Tojikiston Tojikiston Demokratik partiyasi[3]
„Og‘izbirlik“ harakati[4]
Shiori "Kuch birlikda!"
Vebsayt harakat.net

„Birlik“ O‘zbekiston rasmiy organlari tomonidan bosim ostiga olingan. Partiyaning baʼzi faollari qamoqqa olingan, ko‘plab tashkilot aʼzolari mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan. Tashkilot 2000-yillardan beri partiyaviy va saylovoldi faoliyatini olib bormagan.

Tarixi tahrir

„Birlik“ 1988-yil 16-noyabrda xalq harakati sifatida tashkil topgan va shunga koʻra „Birlik“ Xalq harakati deb nomlangan. Harakatga oʻzbek ziyolilarining bir qancha vakillari va dissidentlar asos solgan. Harakatning dastlabki maqsadi oʻzbek tiliga Oʻzbekiston SSRda davlat tili maqomi berish edi, chunki aslida respublikaning yagona rasmiy tili rus tili boʻlib, oʻzbek tili ikkinchi darajali til hisoblangan. Harakat shu talab bilan ko‘plab mitinglar uyushtirgan. 1989-yil 21-oktabrda harakat o‘z talablariga erishdi va o‘zbek tili O‘zbekiston SSRning davlat tili (rus tili bilan birga) deb tan olindi. Harakat 1989-yil oxiridan boshlab Oʻzbekistonning SSSR tarkibidan mustaqil boʻlishi, mamlakatda demokratik islohotlar oʻtkazish g‘oyasini ilgari sura boshlagan[5][6].

1994-yilda harakat Adliya vazirligida qayta ro‘yxatdan o‘ta olmagan va noqonuniy deb topilgan. Harakat yetakchilarining aksariyati O‘zbekistonni tark etgan, qolganlari hibsga olingan. 1995-yilda  Harakat aʼzolari Moskvada qurultoy o‘tkazgan.

2003-yil 26-avgustda Qo‘qon shahrida harakat faollaridan birining shaxsiy uyida „Birlik“ partiyasining yashirin taʼsis qurultoyi bo‘lib o‘tgan. Qurultoyda harakatning O‘zbekistondagi bir qancha faollari bevosita ishtirok etgan, ayrim aʼzolari va faollari xorijdan kelgan. Muxolifat yetakchilari esa internet orqali qurultoyga qo‘shilgan. Qurultoyda „Birlik“ xalq harakati ,,Birlik" partiyasiga aylantirilgani eʼlon qilingan. Abdurahim Po‘lat partiya raisi etib saylangan[5].

Manbalar tahrir

  1. Vladimir Babak, Demian Vaisman, Aryeh Wasserman. Political Organization in Central Asia and Azerbaijan: Sources and Documents (angl.). — London, Portland (OR), 2004.
  2. Olivier Roy. The New Central Asia: The Creation of Nations (angl.). — London, New York, 1997.
  3. Dagikhudo Dagiev. Regime Transition in Central Asia: Stateness, nationalism and political change in Tajikistan and Uzbekistan (angl.). — London, New York, 2014.
  4. Sally N Cummings. Sovereignty After Empire (angl.). — Edinburgh, 2011.
  5. 5,0 5,1 „Учредительный съезд партии Бирлик“. Радио Свобода. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.
  6. Yaacov Ro'i. Democracy and Pluralism in Muslim Eurasia, London — New York, 2005 — 152 bet. ISBN 0-714-65225-3.