Bitiruv oqshomi yoki bitiruv kechasi deb biror taʼlim muassasini bitirayotgan talabalar, oʻquvchilarning oqshomiga aytiladi. Bitiruv oqshomlari imtihonlardan keyin boʻlib, ularda attestat yoki diplomlar topshiriladi. Oqshomda ziyofat, raqs, musiqa kabi koʻngilocharliklar boʻladi.

Fayl:Dmitry Medvedev 24-iyun 2008-yil-7.jpg
Dmitriy Medvedev Moskvada bitiruv oqshomida. 2008-yil 24-iyun.

Bitiruv oqshomlari odatda maktablarda 9- va 11-sinfni yakunlayotganda hamda kollej va universitet kabi oliy oʻquv yurtlarini tugatayotganda oʻtkaziladi. Turli mamlakatlarda bitiruv kechalarini turli xil ravishda oʻtkazishadi. Odatda marosimning rasmiy qismida attestat va diplomlar topshiriladi hamda oʻqishni aʼlo baholar bilan yakunlagan bitiruvchilar medallar bilan taqdirlanadi.

Yana qarang tahrir

Havolalar tahrir