"Bitter Sweet Symphony" (ingl. "Achchiq Shirin Simfoniya") ingliz rock-guruhi The Vervening 1997-yili chiqarilgan Urban Hymns albomidagi qoʻshiqdir. Ashula Buyuk Britaniya singllari chartida ikkinchi, AQSh Billboard Hot 100 chartida oʻn ikkinchi oʻringa chiqdi. Rolling Stone jaridasining "Eng yaxshi 500 qoʻshiq" roʻyxatida "Bitter Sweet Symphony" 382-oʻrinda turipti.[1]

Tarixi tahrir

Qoʻshiq matni Richard Ashcroft tomonidan yozilgan esa-da, musiqa mualliflari sifatida The Rolling Stones guruhi aʼzolari — Keith Richards va Mick Jagger koʻrsatilgan (ashulada mudom takrorlanuvchi orkestr musiqasi mualliflari).

Klipi tahrir

Klipda Richard Ashcroft Londonning gavjum koʻchalaridan birida qoʻshiqni xirgoyi qilib ketayotgani koʻrsatiladi. Yoʻlidagi odamlarga eʼtibor bermay, ularni turtib ketaveradi (bir ayol yiqilib ham tushadi), hatto bir ulovni aylanib oʻtmay, toʻgʻri ustiga oyoq bosib chiqib, oʻtib ketadi (bu haydovchining gʻazabiga sabab boʻladi). Klip oxirida unga guruhning boshqa aʼzolari qoʻshiladi.

Manbalar tahrir

  1. The RS Greatest Songs, 2007-07-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-02-17

Havolalar tahrir