Blair Malcolm (talaffuzi: Bler Malkolm) (1997-yil 3-fevralda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Blair Malcolm „Albion Rovers“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Blair Malcolm
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Blair Malcolm
Tavallud sanasi 1997-yil 3-fevral
Tavallud joyi Glasgow, Shotlandiya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Albion Rovers
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2015 Partick Thistle
2015—2017 Ross County
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2018 Ross County 1 (0)
2018 → Cowdenbeath (ijara) 19 (2)
2018—2019 Cowdenbeath 31 (1)
2019—2021 Alloa Athletic 12 (0)
2021 East Kilbride
2022 Albion Rovers 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 5-yanvar 02:41 (utc) uchun)

Blair Malcolm faoliyati davomida „Ross County“, „Cowdenbeath“, „Alloa Athletic“ va „East Kilbride“ futbol klublarida oʻynagan.

Faoliyati tahrir

Dastlabki yillardagi faoliyati tahrir

Blair Malcolm oʻz faoliyatini „Partick Thistle“ futbol klubida boshlagan. Shundan soʻng, Blair Malcolm 2015—2016-yilgi mavsumi boshida „Ross County“ futbol klubiga oʻtgan. Blair Malcolm „Ross County“ klubi bilan shartnomasini 2017-yilda, klub oʻz tarixida birinchi marta Shotlandiya Rivojlanish ligasida gʻolib chiqqanidan keyin uzaytirdi[1]. 2017-yil 20-may kuni Blair Malcolm „Ross County“ klubi tarkibida „Kilmarnock“ klubiga qarshi oʻyinda toʻliq 90 daqiqa davomida maydonda harakatlandi.

2017-yilning 17-noyabrida Blair Malcolm Shotlandiya Ikkinchi ligasi vakili „Cowdenbeath“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu shartnoma dastlab favqulodda ijara shartnomasi edi[2], ammo 2018-yil yanvar oyida shartnoma mavsumning qolgan qismi uchun ham uzaytirildi.

„Cowdenbeath“ klubidagi ijara davrida Blair Malcolm „Cove Rangers“ klubiga qarshi pley-off oʻyinlarida ham maydonga tushgan. „Cowdenbeath“ klubi oʻzining Shotlandiya Ikkinchi ligasidagi maqomini saqlab qoldi va Blair Malcolm SPFLda hafta futbolchisi deb topildi[3].

Blair Malcolmning klub bilan imzolagan shartnomasi 2018-yilning may oyida „Ross County“ klubi Shotlandiya chempionlar ligasiga tushib ketganidan keyin yakuniga yetdi[4].

Cowdenbeath tahrir

Keyin Blair Malcolm 2018-yil iyun oyida „Cowdenbeath“ klubi bilan uzoq muddatli shartnomaga imzo chekdi[5].

Alloa Athletic tahrir

2019-yilning 2-avgustida Blair Malcolm „Alloa Athletic“ futbol klubiga tekin transfer asosida qoʻshildi[6]. 31-avgust kuni Blair Malcolm „Alloa“ klubi uchun ilk oʻyinini Shotlandiya chempionatida „Queens of the South“ klubiga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi[7].

East Kilbride tahrir

Blair Malcolm „East Kilbride“ futbol klubi bilan 2021-yil 19-iyun kuni shartnoma imzolagan[8].

Albion Rovers tahrir

2022-yil 3-yanvarda Blair Malcolm Shotlandiya Ikkinchi ligasi jamoasi „Albion Rovers“ futbol klubi bilan 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha qisqa muddatli shartnoma imzoladi[9].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Shotlandiya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Ross County 2016—2017[10] Shotlandiya Premer-ligasi 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2017—2018[11] Shotlandiya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Ross County 2019—2020 1 0 1 0
Cowdenbeath (ijara) 2017—2018[11] Shotlandiya Ikkinchi ligasi 19 2 0 0 0 0 0 0 19 2
Cowdenbeath 2018—2019[12] Shotlandiya Ikkinchi ligasi 31 1 3 0 4 0 1 0 39 1
Alloa Athletic 2019—2020[7] Shotlandiya chempionati 10 0 0 0 0 0 1 0 11 0
2020—2021[13] Shotlandiya chempionati 2 0 0 0 2 0 0 0 4 0
Jami 12 0 0 0 2 0 1 0 15 0
Jami 63 3 3 0 6 0 3 0 75 3

Manbalar tahrir

  1. „CONTRACT EXTENSION: Development Squad players sign one year extension“. Ross County F.C.. 23-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2018-yil.
  2. „Blair To Blue Brazil“. Cowdenbeath F.C. (17-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 25-oktabr 2019-yil.
  3. SPFL Team of the Week | SPFL
  4. „Starting from scratch as Ross County rebuild begins“. Press & Journal (16-may 2018-yil). Qaraldi: 2-iyun 2018-yil.
  5. „Blair and Bryan back to the Blue Brazil“. Cowdenbeath FC (26-iyun 2018-yil). Qaraldi: 30-iyun 2018-yil.
  6. „Blair Malcolm signs“. www.alloaathletic.co.uk. Qaraldi: 23-oktabr 2019-yil. [sayt ishlamaydi]
  7. 7,0 7,1 „Games played by Blair Malcolm in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 23-oktabr 2019-yil.
  8. FC. „Blair Malcolm signs on, as summer recruitment continues“ (inglizcha). eastkilbridefootballclub.co.uk. Qaraldi: 6-oktabr 2021-yil.
  9. McGilvray. „Albion Rovers boss delighted to net midfielder as play hunt continues“. Daily Record (3-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2022-yil.
  10. „Games played by Blair Malcolm in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 23-oktabr 2019-yil.
  11. 11,0 11,1 „Games played by Blair Malcolm in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 23-oktabr 2019-yil.
  12. „Games played by Blair Malcolm in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 23-oktabr 2019-yil.
  13. „Games played by Blair Malcolm in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 29-noyabr 2020-yil.