Blog
Blog (ingl. web log - "veb-jurnal" soʻzidan), bu veb-saytning bir koʻrinishi boʻlib, undagi maqolalar xronologik tarzda yoziladi. Aksariyat bloglarda maʼlum bir mavzuga tegishli yangilik yoki sharh chop etiladi; boshqalari esa shaxsiy onlayn kundalik sifatida xizmat koʻrsatadi.
TarixiTahrirlash
Washington Profile maʼlumotlarga koʻra birinchi blog varaqasiga 1992-yili TIM BERENS-Li tomonidan yangiliklar nashr etgan. 1996-yili bloglardan foydalanish keng ommaga yoyildi.
1999-yil avgust oyida San-Fransiskolik PYRA LABS kompaniyasi Blogger saytini ochdi. U birinchi bepul blog xizmati edi. Keyinchalik Blogger Google kompaniyasi tomonidan sotib olndi. 2004-yili Apple kompaniyasi hali rasmiy eʼlon qilinmagan yangi tavarlari haqida bloggerlar maʻlumotlar tarqatganligi uchun bloggerlarni sudga berdi, ammo sutda yutqazib qoʻyishdi.
2006-yili sud bloggerlar ham jurnalistlar ega boʻlgan huquqlarga ega deb qaror chiqardi.
Blog turlariTahrirlash
Mualliflik turlariga koʻra.
- Shaxsiy blog — bir kishi tomonidan yuritiladi. (qoidaga ko`ra blog egasi tomonidan).
- Timsoliy blog — malum boʻlmagan noaniq shaxs tomonidan yuritiladi..
- Jamoali yoki ijtimoiy blog — blog egasi aniqlab bergan malumotlar asosida bir gurux shaxslar tomonidan yuritiladi.
- Jamiyat blogi — bir tashkilot azolari tomonidan yuritiladi.
Multimedia turlariga koʻra.
- Matnli blog — matnlar asosida tuzilgan blog.
- Suratli blog — suratlar asosida tuzilgan blog.
- Musiqiy blog — musiqalar asosida tuzilgan blog.
- Video blog — video fayllar asosida tuzilgan blog.
Texnik asoslariga koʻra
- Stand alone blog — aloxida xosting va dvijkali blog
- Blog-platforma — blog xizmati kuchi asosidagi blog(LiveJournal, LiveInternet va h.zo).
- Moblog — mobil veb blog, kontentli,
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |