Boʻri odam
„Boʻri odam“ (qadimgi yunon tilida λυκάνθρωπος lukánthrōpos, odam boʻri) ilk bor yunon keyinchalik yevropa xalq og'zaki ijodida tez-tez namoyon boʻladigan inson koʻrinishidan qisman yoki butunlay boʻriga aylana oladigan kuchli shakl almashtiruvchilardan biri. Boʻri odamlar qanday yaralgani haqida turlicha afsonalar mavjud lekin ular orasida Likaon va Zevs orasidagi mojaro eng mashhurlaridan hisoblanadi. Afsonalarga koʻra: Pelagusning oʻgʻli Likaon maʼbudlardan nafratlangan va ularni keraksiz jonzotlar deb hisoblagan. Kunlarning birida u oliy xudo Zevsni oʻz qasriga kechki ovqatga taklif qilgan, Zevs kelganida esa uni tahqirlab ovqat oʻrnida oʻldirib qoʻl-oyoqlari pishirilgan oʻspirinni olib kelishgan. Bunday holatga chidab turolmagan Zevs Likaon va uning oilasini tunlari gʻazabi qoʻzib har qanday kimsani oʻldirishga tayyor boʻladigan qisman boʻrilarga oʻxshaydigan mahluqlarga aylantirib qoʻygan.
Ammo bu afsonalarga qaramasdan folklor 15-16-asrlarda butun Yevropa boʻylab tarqaldi va nasroniy folklorlariga aralashib ketdi. 17-asrga kelib boʻri-odam yoki likantrop vas-vasasi Yevropani qamrab oldi va cherkovlar jodugarlikda ayblanganlarni endi boʻri-odam deb ham ayblay boshlashgandi. 18-asrga kelib Yevropa cherkovlari gʻayritabiiy jonzotlarni asosan uch turga: „jodugarlar“, „boʻri-odamlar“ va „vampirlar“ga boʻlgandi ammo asr oxiriga kelib bunday jonzotlar shunchaki bolalar ertagiga aylanib qoldi.
Kino sanoatida boʻri-odam atamasi
tahrirKino sanoati rivojlangani sari, Gollivud rejisyorlari turli yevropa xalqlarining folklorlaridan ilhomlanib undagi jonzotlarni filmlarga odabtatsiya qilishni boshlab yuborishgan. Asl afsonadan farqli ravishda filmlarda vampirlar va boʻrilar bir-birlariga yaqin jonzotlar hisoblanishadi. Bu bogʻliqlik haqida ham afsona bor boʻlib unda: Inadu ismli jodugar qasos sifatida oʻz qishloqdoshlarini quyosh va oyning qullariga aylantirib qoʻygan. Yaʼni quyoshning qullari vampirlar boʻlib ular ochiq quyoshda kulga aylanib ketardi. Oyning qullari esa boʻri-odamlar boʻlib ular toʻlin oyda nazoratni butkul yoʻqotib vahshiy mahluqqa aylanardi va boʻri-odam qancha koʻp begunohlarni oʻldirsa u oʻz insoniyligidan shunchalar tez ajralardi. (Bu hikoya The Vampire Diaries seriali uchun Maxsus yaratilgan)