Stenli Robert „Bobby“ Vinton (1935-yil 16-aprelda tugʻilgan) — amerikalik sobiq qoʻshiqchi va aktyor. 1970-yillarning oxirida oʻzining telekoʻrsatuviga asos solgan. Oʻsmirlik davrida u „Polsha shahzodasi“ sifatida tanilgan, chunki uning musiqasi Polsha merosiga hurmat koʻrsatdi. Eng mashhur qoʻshiqlaridan biri bu „Blue Velvet“ (1951-yilda Tony Bennett tomonidan yozilgan qoʻshiqning koveri) 1963-yilda Billboard Hot 100 roʻyxatida 1-oʻrinni egallagan.

Bobby Vinton
Vinton 1964-yilda
Vinton 1964-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Stanley Robert Vinton
16-aprel 1935
Janrlar Pop, lounge
Faoliyat yillari 1958—2015
Fuqaroligi AQSh
Veb-sayt bobbyvinton.com

Yoshligi

tahrir

Vinton Pensilvaniya shtatining Kanonsburg shahrida tugʻilgan. Ota-onasi mashhur musiqiy guruh rahbari Stan Vinton va Dorothy Studzinski Vinton[1]. Familiyasi dastlab Vintula boʻlgan va otasi Vintonga oʻzgartirgan[2]. Vintonning ota-onasi oʻgʻli klarnetda mashq qilganidan keyin har kuni ragʻbat oʻlaroq 25 sent berishardi va shu tariqa uning musiqaga qiziqishini orttirishardi[3].

Manbalar

tahrir
  1. Bishop, Pete. „Bobby Vinton Finds That Hits Can Be Elusive“ (1983-yil 5-iyun). Qaraldi: 2011-yil 2-may.
  2. „The Whirling Disks“ (1975-yil 10-avgust). Qaraldi: 2011-yil 2-may.
  3. Wilson, Earl. „Last Night“ (1970-yil 2-iyun). Qaraldi: 2011-yil 2-may.