Bobo Ali Xushmardon“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Alisher Navoiyga zamondosh. Sabzavorda xonaqoh barpo etgan. Abulqosim Bobur Mirzo qishni Mashhadda oʻtkazgan yillari uning xizmatiga yetishib, shohning iltifot va inoyatiga muyassar boʻladi. Navoiy uning nomini “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida Xoja Mahmudning bobosi sifatida tilga olib, darvesh kishi ekani, xonaqohi va muridlari borligi haqida maʼlumot beradi. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan[1][2][3].

Manbalar

tahrir
  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Nasoyim ul-muhabbat”. 
  3. “Majolis un-nafois”.