Bobo Shoʻrida (15–16-asrlar) – xurosonlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning qasida aytishda mohir ekani, oʻz davridagi koʻplab shoirlar bilan hamsuhbat boʻlgani va tabʼida “koʻp choshni (maza, taʼm) zohir” boʻlishini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning qarilik haqida aytgan masnaviysidan quyidagi bayt keltirilgan:

Qadam shud chun kamonu umri man shast,

Javoni hamchu tir az shasti man jast.

(Mazmuni: Qaddim kamondek egildi, yoshim oltmishga yetdi, yoshlik xuddi yoydan otilgan oʻqdek uchib ketdi)[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Majolis un-nafois”.