Boboyi Poradoʻz maqbarasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Maqbara XIX asrda bunyod etilgan boʻlib, Salloxona darvozasi tashqarisida joylashgan. Hozirgi kunda maqbara Buxoro shahrining Ibn Sino nomli kutubxonasidan oʻtib joylashgan. Maqbara Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Boboyi Poradoʻz maqbarasi
Muqobil nomlari Boboyi Poradoʻz maqbarasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi maqbara
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XIX asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Tarixi

tahrir

Maqbara olim va shayx Hazrat Boboyi Poradoʻz (yamoq tikuvchi) qabri ustiga qurilgan. Boboyi Poradoʻz (842—925) yillarda yashab, 83 yosh umr koʻrgan[1]. Uning kasbi yamoqchilik va etikdoʻzlik boʻlgan. shuning uchun u etikdoʻzlarning piri ham hisoblanadi. Mazkur maqbarada Boboyi Poradoʻzdan tashqari koʻplab kishilarning qabri mavjud boʻlgan. Maqbara kirish qismi qayta taʼmirlangan. Maqbaraning yon tomonida tugʻ boʻlib, avliyo qabri joylashganligini bildiradi. Yodgorlik kirish qismi peshtoqi naqsh bilan bezatilgan va maqbara eshigi yangi qoʻyilgan. Maqbara usti kichik va katta gumbazlardan iborat. Maqbara ichkarisida marmardan sagʻana boʻlib, ikki tomonida ziyoratchilarga qulaylik boʻlishi uchun oʻrindiqlar qoʻyilgan. Maqbara ichkarisida mehrob ham mavjud. Sadriddin Salim Buxoriyning fikriga koʻra, sovet yillarida maqbarani buzish uchun kelgan traktor oʻchib, haydovchi oʻlib qolgan. Shu sababli maqbara buzilmay qolgan. Mazkur ziyohatgohga etikdoʻz, tikuvchi, mahsidoʻz va boshqa kasb egalari kelib ziyorat qiladilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng mazkur maqbara tadbirkor Abdulgʻafur Mirzoyev tashabbusi bilan taʼmirlangan[2].

Meʼmorchiligi

tahrir

Boboyi Poradoʻz maqbarasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Maqbara pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Hozirgi kunda maqbara saqlanib qolingan.

Rivoyat

tahrir

Rivoyatlarga koʻra, Boboyi Poradoʻz yotgan mozordagi tuproq zaxm kasalliklariga va turli jarohatlarga davo boʻlar ekan[3].


Manbalar

tahrir
  1. Садриддин Салим Бухорий 2012, s. 45.
  2. Садриддин Салим Бухорий 2012, s. 47.
  3. Муҳсинов 2012, s. 30.

Adabiyotlar

tahrir

Ilmiy adabiyotlar

tahrir
  • Садриддин Салим Бухорий. Бухўронинг табаррук зиёратгоҳлари. Бухоро: Дурдона нашриёти, 2012 — 291-bet. 
  • Муҳсинов И, Муҳсинова М. Гўзалликнинг боқий умри (Бухоро обидалари тарихидан лавҳалар), Бухоро, 2011 — 36-bet.