Bobur ensiklopediyasi
Bobur ensiklopediyasi (shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi) – 2014-yilda oʻzbek akademigi Azizxon Qayumov rahbarligida chop etilgan ensiklopediya[1]. Ensiklopediya shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyati bilan bogʻliq. 2014-yilda Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan nashr etilgan. Umumiy hisobda 744 sahifadan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi „Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida“gi PQ-20-sonli qaroriga asosan, ensiklopediyaning toʻldirilgan uchinchi nashri chop etilgan[2]. Ensiklopediyada Boburga aloqador asosiy voqealar, shaxslar, joylar hamda boshqa maʼlumotlar aks etgan. Ensiklopediyaning nusxalari Oʻzbekiston milliy kutubxonasida joylashgan[3][4].
Muallif(lar) | Azizxon Qayumov hamda boburshunos olimlar |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Nashr etilgan sanasi | 2014-yil |
Nashriyot | Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi |
Sahifalar soni | 744 |
Veb-sayt | baburid.uz |
Manbalar
tahrir- ↑ „Uchinchi Renessans va Bobur Mirzoning ma’naviy-huquqiy merosi“. parliament.gov.uz. Qaraldi: 1-yanvar 2025-yil.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. „Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida“. Lex.uz. Qaraldi: 1-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Milliy kutubxona “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi” kitobi bilan boyidi“. daryo.uz. Qaraldi: 1-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Milliy kutubxona «Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi» kitobi bilan boyidi“. darakchi.uz. Qaraldi: 1-yanvar 2025-yil.