Bogʻishamol (Samarqand)
Bogʻishamol yoki Bogʻi-Shamol (Bogʻi-shamol) (tojikcha: Боғишамол / Боғӣ Шамол; forscha: باغ شمال ) — Samarqand shahrining gʻarbiy qismidagi nisbatan yirik tarixiy-geografik tuman boʻlib, u bir qancha kichikroq tarixiy, geografik va madaniy tumanlarni oʻz ichiga oladi. Tuman hududidan xuddi shu nomdagi kichik daryo oqib oʻtadi, uning katta qismi hozir yer ostida. Oʻrta asrlarda, xususan, Temuriylar davrida u oʻzining boy bogʻlari, unumdor yerlari bilan mashhur boʻlgan. „Bogʻishamol“ fors tilidan tom maʼnoda Shamollar bogʻi deb tarjima qilinadi.
Amir Temur Bogʻishmolda oʻzining mashhur bogʻlaridan birini qurdirgan[1]. Bogʻ Mironshohning qizi Amir
Temurning nabirasi sharafiga qurilgan. Bogʻning markazida toʻrt burchakli saroy boʻlib, uning har bir tomoni uzunligi 1500 qadamdan iborat boʻlgan. Saroyning devorlari marmar bilan, pastki qismi esa qora yogʻoch va fil suyagi bilan bezatilgan.
1939-yil 10-fevralda Samarqand shahri hududi uchta maʼmuriy tumanga boʻlingan: Eron, Temir yoʻl (ruscha: Jeleznodorojniy va Siyob. Qisqa vaqtdan soʻng Eron hududi Bogʻishamol tumani deb oʻzgartirilgan. Bogʻishamol tumani shaharning markaziy qismini, Temir yoʻl tumani gʻarbiy qismini, Siyob tumani esa Samarqandning tarixiy markazi joylashgan sharqiy qismini egallagan. 1950-yillarda bu tumanlarning barchasi bekor qilingan. 1976-yilda Bogʻishamol, Jeleznodorojniy hamda Siyob tumanlari qayta tuzilgan. 1990-yillarda Jeleznodorojniy tumani rasman Temir yoʻl tumani deb oʻzgartirilgan. 2004-yil 1-yanvarda shaharning barcha uchta tumani bekor qilingan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Begaliyev, Nuriddin; Abdurayim Turobov. Samarqand Toponimiyasi. Samarqand: SamDTCHI, 2015 — 33-bet.
- ↑ „Административно-территориальное деление города Самарканда 1939—2004 гг. — Админ.-терр. деление Самаркандской обл“ (en) (deadlink). Книга Памяти Узбекистана. 2019-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-oktyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Amir Temur boglari, NEU, Toshkent, 2000-2005.
- Samarqand guzarlari, Abramov.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |